Bugun o‘zbek seriallaridagi ayol, ona obrazi tomoshabinlar tomonidan juda ko‘p tanqidga uchrayapti. Ko‘plab filmlarda o‘zbek onalarining baqiroq, dabdabaga o‘ch yoki yig‘loqi obrazda gavdalantirilayotgani kinosevarlarning g‘ashiga tegyapti. Axir, o‘zbek ayollari umuman boshqacha: sabr-qanoatli, mehribon, ibo-hayoli, mehnatkash, oilasi va farzandlariga g‘amxo‘r, turmush o‘rtog‘iga sadoqatli emasmi?! To‘g‘ri, turmushda, oilada, ro‘zg‘orda har xil vaziyatlar bo‘ladi. Ana shunday paytlarda ular ham to‘lib-toshgan yuragini bo‘shatib olishi, hissiyotga berilishi yoki farzandiga, kelini, nabirasiga tanbeh berishi mumkin. Hozirgi suratga olinayotgan seriallarda onalarimizning shu kabi holati, kichik xato yoki kamchiliklarini bu darajada bo‘rttirib ko‘rsatishdan maqsad nima?

San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mohinur Ahmadjonova bilan ana shular haqida fikrlashdik. 

– Zamonaviy media olamida teleseriallar eng ko‘p iste’mol qilinadigan va keng auditoriyani qamrab olgan kontent turiga aylangan. Tomoshabinlar ularni davomiy tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lgani uchun, seriallar inson ongiga kuchli psixologik va ijtimoiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bu holat faqat kinotanqidchilar yoki san’atshunoslar e’tiborida emas – psixologlar, filologlar, jurnalistlar, hatto siyosatshunoslar ham bugungi seriallar fenomenini o‘rganishmoqda. 

So‘nggi yillarda ayniqsa, ayollar va onalar obrazining seriallarda aks ettirilishida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Avvallari ekranlarda mehribon, sabrli, dono, oilaparvar ayollar timsoli hukmron edi. Masalan, “Ko‘ngil ko‘chalari” teleserialidagi To‘ti Yusupova ijrosidagi ona obrazi kelinini qizi kabi qabul qiladigan, sabr bilan oilani saqlab kelgan, irodali va oqilona harakat qiluvchi o‘zbek ayolining yorqin timsoli sifatida ko‘rsatilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu obrazlar o‘zgara boshladi. Teleseriallarga munosabat bir muddat sustlashgan, ularni “efirni to‘ldiruvchi vosita” sifatida qabul qilish holatlari ko‘paygan davr keldi. Ayrim holatlarda hattoki, ayollar sha’nini yerga uruvchi obrazlar paydo bo‘ldi. Jaydari, urushqoq, dabdabaga o‘ch qaynona obrazlari tobora ko‘proq ko‘zga tashlana boshladi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy munozaralarga sabab bo‘lyapti. Ayniqsa, xususiy tarmoqlarda suratga olinayotgan seriallarda ayol obrazining hatto, salbiy yo‘sinda aks ettirilayotgani tanqid qilinmoqda. 

Ayrim ijodkorlar “tomoshabinlar shunaqa syujetlarga qiziqish bildiradi”, degan fikrni ilgari suradi. Biroq bu pozitsiya juda sayoz va xavfli. Haqiqiy san’at auditoriya ortidan quvish emas, balki uni tarbiyalash, estetik va axloqiy mezonlar asosida yo‘naltirishdir. 

Baxtimizga ijobiy tendensiyalar ham mavjud. “O‘zbekfilm” davlat studiyasi tomonidan suratga olingan bir qator seriallar – “Ezgulik hududi”, “Saodat” kabilar o‘zbek ayolining kuchli, bardoshli, aql-zakovatli obrazini tiklashga xizmat qilmoqda. Masalan, “Saodat” serialining bosh qahramoni har qanday sinovlar oldida o‘z sha’nini yo‘qotmaydigan, sabr-matonati bilan oila tayanchi bo‘la oladigan zamonaviy ayolning ramzidir. 

Bugungi kun soha xodimlari oldida katta mas’uliyat turibdiki, ular shunchaki vaqtni to‘ldiruvchi mahsulot emas, balki inson qalbiga yo‘l topadigan san’at asari yaratishlari kerak. Chunki, bugungi tomoshabinlar nafaqat ko‘ngilochar, balki saviyasi baland kontentga ham tashna. Aynan mana shunday holatda, biz har xil yosh va ijtimoiy qatlam vakillarini inobatga olgan holda, intellektual auditoriya uchun ham sifatli, chuqur mazmunli seriallar yaratish zaruratini his etamiz. Ayol – jamiyat tayanchi. U qanday tasvirlansa, ertangi kunimiz ham shunga mos bo‘ladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gGlTtbHT8Lc" title="Teleseriallarda ayol obrazi: tarbiya muhimmi yoki reyting?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A. Sodiqov(video), U.To‘xtayev (montaj) O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Teleseriallarda ayol obrazi: tarbiya muhimmi yoki reyting? (+video)