Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Jayxun” ovul fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Nukus Dilisha” mas’uliyati cheklangan jamiyati bug‘doyni qayta ishlashga ixtisoslashgan.

Tadbirkor Bahrom Yo‘ldoshev tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 15 milliard so‘mni tashkil etdi. Yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati esa 10 ming tonnadan iborat. Bu yerda “Qipchoq unlari” brendi ostida mahalliy bug‘doy qayta ishlanishi orqali birinchi navli un tayyorlanadi. 

Yaqin kunlarda korxonaning to‘liq ishga tushishi bilan 50 dan ziyod ishchining bandligi ta’minlanadi. Shuningdek, tayyor mahsulotning 80 foizi ichki bozorga, 20 foizi esa eksportga yo‘naltiriladi.

 [gallery-22994]

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WDLr8-WDwhY" title="“Qipchoq unlari” eksportga ham chiqariladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qipchoq unlari” eksportga ham chiqariladi (+video)