Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 24 apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, yalpi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog‘liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda. 

Oxirgi oylarda shakllangan umumiy va bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichlari inflyatsion jarayonlar va vaziyatning muallaq holatda qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasi o‘suvchi trendga o‘tib, mart oyida yillik 10,3 foizni tashkil etdi. Ayni paytda bazaviy inflyatsiya ham tezlashishda davom etib, yillik 8,1 foizga yetdi. Bu, o‘z navbatida, narxlarga taklif omillari bilan bir qatorda, talab omillari ham oshiruvchi ta’sir ko‘rsatayotganini aks ettirmoqda. 

Yoqilg‘i va energiya ta’minoti yaxshilanishi hamda almashuv kursining nisbatan barqaror shakllanishi ta’sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mart oyida pasaygan bo‘lsa-da, joriy inflyatsiya ko‘rsatkichlaridan yuqori darajada qolmoqda. 

Joriy yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslarining mustahkamlanishi hamda so‘m almashuv kursining savdo hamkor davlatlar valyuta kurslariga nisbatan barqarorligi fonida real samarali almashuv kursi o‘zining o‘rta muddatli trendi doirasida shakllanmoqda. 

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichi 7-8 foizlik prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda.

Birinchi chorakda yalpi iste’mol va investitsion faollikning oshishi hisobiga iqtisodiy o‘sish 6,8 foizgacha tezlashdi. Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining yuqori o‘sishi hamda kreditlash sur’atlarining tezlashishi ham yalpi talabni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Joriy yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi. 

Yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslarining mustahkamlanishi hamda so‘m almashuv kursining savdo hamkor davlatlar valyuta kurslariga nisbatan barqarorligi fonida real samarali almashuv kursi o‘zining o‘rta muddatli trendi doirasida shakllanmoqda. 

Pul-kredit sharoitlari joriy qat’iylik darajasining saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi o‘sishining mo‘’tadillashuvi va depozitlarning yuqori o‘sish sur’atlari davom etishini ta’minlab yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi