Bugungi kunda intellektual mulkni huquqiy jihatdan muhofaza qilish nafaqat yaratuvchilarga himoya, balki milliy iqtisodiyot uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Shu bois, mamlakatimizda bu yo‘nalishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan sohaga oid qator amaliy tadbirlar o‘tkazilib, mutaxassislar va yoshlar o‘rtasida bilim va ko‘nikmalar oshirib borilyapti.

Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Rustam Ergashev bu borada quyidagilarni ta’kidladi:

–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori sohani rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Ushbu hujjat asosida intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoya qilish, mualliflar va boshqa ijodkorlarning moddiy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’kidlash joizki, ilmiy va texnik ishlanmalar, mualliflik asarlari, brend va tovar belgilari kabi intellektual mulk ob’ektlari bozorda raqobatbardoshlikni oshiradi hamda tadbirkorlikni rivojlantiradi. Shu sababli, intellektual mulkni muhofaza qilish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash taraqqiy etuvchi har bir davlat uchun ustuvor vazifalardandir.

26 aprel – “Butunjahon intellektual mulk kuni” sifatida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligida “Intellektual faoliyat va uning huquqiy himoyasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlardan 150 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi, izlanuvchi va yoshlar ishtirok etdi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan hududiy va xalqaro patentlash jarayonlari, sanoat namunalarini ro‘yxatga olish, mualliflik huquqini himoya qilish, tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar kabi masalalar yuzasidan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, qonunbuzarlik holatlari, kontrafakt mahsulotlar bilan kurashish, javobgarlik choralari, intellektual mulk bo‘yicha axborot bazalaridan samarali foydalanish kabi muhim mavzular atroflicha muhokama etildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ow0CNkO_7Ws" title="Intellektual mulk – iqtisodiy taraqqiyot va innovatsiyalarning huquqiy poydevori" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xulosa qilib aytganda, bunday tadbirlar ishtirokchilar bilimlarini oshirish bilan birga, tizimni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Zero, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, sohadagi davlat boshqaruvini takomillashtirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish barchamizdan mas’uliyat talab etadi.

N.Ziyodullayeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulk – iqtisodiy taraqqiyot va innovatsiyalarning huquqiy poydevori (+video)