Yaqinda Turkiyaning “HE” – “Higher Education Ranking” xalqaro reyting tashkiloti 2025 yilgi reyting natijalarini rasman e’lon qildi. Quvonarlisi, Farg‘ona davlat universiteti ushbu ro‘yxatning yuqori o‘rinlaridan joy egalladi.

Bu haqda universitetning axborot xizmati mas’ullari O‘zAga xabar berdi.  

Ta’kidlanishicha, universitetning rasmiy elektron manziliga yo‘llangan reyting sertifikatida mukammallik, ta’limning yuqori darajasini saqlab qolish, ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lami, bilim va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti faoliyatiga yuqori baho berilgan. U dunyoning 55 dan ortiq mamlakatidan ishtirok etgan jami 422 ta universitet orasidan 3-o‘ringa munosib deb topilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro reyting tizimida universitetlar 4 ta yo‘nalishda 25 ta mezon va 138 ta ko‘rsatkichga ko‘ra baholanadi. Bunda  tadqiqot ishlari, o‘qitish tizimi, professor-o‘qituvchilar va xodimlar nisbati, akkreditatsiya, xalqaro faoliyat kabi mezonlarga asosiy e’tibor qaratiladi.

Ushbu reyting tashkiloti barcha mezonlarni aniqlashda haqqoniylik, adolatlilik, tenglik prinsiplariga tayangan holda ish olib boradi va bunday yondashuv orqali oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini yanada oshirish, xalqaro maydonga kirib borish, ilmiy izlanishlar, o‘quv jarayonini takomillashtirishga erishish va mehnat bozori talablariga muvofiq rivojlanish maqsadlarini ko‘zda tutadi.

Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda Farg‘ona davlat universiteti faoliyati xalqaro e’tirof etilgan reytinglarda aks etmoqda va dunyoning kuchli universitetlari qatoridan joy egallashga qaratilgan strategiya o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

Nilufar Bozorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona davlat universiteti xalqaro reytingda 3-o‘rinda