Salohiyatli va iqtidorli yoshlar – kelajagimiz. Mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xorijda o‘qigan yoshlarning vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlanishi ham dolzarb masalalardan biri.
Prezidentimizning joriy yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinishi kabi vazifalar belgilab berildi.
Mazkur farmonning mazmun-mohiyati xususida “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Javohir Ahmedov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6rmpwmSDHqQ" title="“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlariga qanday imtiyozlar beriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA