Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Tanlov yakunida eng bilimdon yoshlar aniqlanib, Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
Kitob o‘qib ota-onasiga avtomobil sovg‘a qilayotgan yoshlar safi ko‘payotgani quvonarli hol bo‘lsa, g‘oliblarning uchalasi ham ilmli qizlar bo‘lgani dillarni yanada faxr va g‘ururga to‘ldiradi.
Bugungi "O‘zbegoyim" loyihasining qahramoni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rin sohibi, Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili egasiga aylangan — O‘g‘iljeyran Xoldurdiyeva!
Biz u haqda ko‘p gapirmadik, uning erishgan natijalari gapirdi. Siz ham lavhamizni tomosha qiling, o‘zi oliy ma’lumotli bo‘lmasa-da, farzandlarini o‘qimishli qilgan fidoyi ota-onaga havas qilishingiz aniq.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lyatg9_A5-A" title="O‘g‘iljeyran Xoldurdiyeva: "Kitob orqali ota-onamni yuzaga chiqarganimdan faxrlanaman!"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA