Bugun, 24 aprel kuni Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 yosh toifasidagi qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF) kubogining III Markaziy Osiyo bosqichi navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Kecha o‘tkazilgan ikkinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston U-17 jamoasi qo‘shni Turkmaniston U-17 jamoasi bilan kuch sinashdi.

Shiddatli kechgan o‘yinda gandbolchilarimiz Turkmaniston jamoasini 39:20 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba terma jamoamizni U-17 birinchiligida yakka peshqadamga aylantirdi.

Hamyurtimiz Shalola Keldiyorova O‘zbekiston U-17 va Turkmaniston U-17 terma jamoalari uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston U-19 va Pokiston U-19 qarama-qarshiligida vakillarimiz mezbonlardan ustun ekanini namoyish etdi.

Hamyurtlarimiz musobaqa mezbonlari darvozasiga 55 marta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Pokistonliklar 14 ta to‘p bilan javob qaytara oldi, xolos.

Bugun xalqaro turnirning uchinchi kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun dam olish kuni sifatida belgilangan bo‘lsa, ushbu yosh toifasida Turkmaniston-Qirg‘iziston, Pokiston-Tojikiston jamoalari ro‘baro‘ keladi.

O‘zbekiston U-19 jamoasi bugun turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi bahs yuritadi.

Musobaqalar 26 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gandbol: Jamoalarimiz Pokistonda o‘tayotgan turnir peshqadami