Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Chorak final bosqichida o‘smir qizlarimizning barchasi (11 nafar) yarim final yo‘llanmasini naqd qildi. Kichik o‘smir yigitlarimizdam esa 12 tasi final ostonasida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 23 nafari kamida bronza medalini naqd qildi.
Bugun o‘smirlar toifasida chorak final bellashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu janglarning 10 tasida vakillarimiz ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA