2024 yil noyabr oyida davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari majlislarida so‘zlagan nutqida deputatlar oldiga muhim vazifalarni belgilab berib, qo‘mitalarning faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari bilan hamkorlik olib borish tashabbusini ilgari surgan edi.

Bugungi kunda ushbu vazifadan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 10 ta qo‘mita ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 

Jumladan, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ham agrar sohada faoliyat olib borayotgan 10 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumlari hamda tadbirlar rejalarini imzolab, ular bilan birgalikda faol ishlab kelmoqda. Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan “Qonun ijodkorligi va parlament nazorati tadbirlarida ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlarining o‘rni” mavzuidagi davra suhbatida ham ayni masalalarga e’tibor qaratildi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur qo‘mita tahlil markazlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, sohadagi har bir tarmoq bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari va normativ-huquqiy hujjatlarni maromiga yetkazishda ilmiy yondashuvga alohida e’tibor qaratish maqsadida muhim vazifalarni belgilab oldi. Xususan, bu borada tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash, tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar olib borish, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqish masalalari kelishib olingan.

Davra suhbatida qonun ijodkorligi jarayonlari va parlament nazorati tadbirlarini olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tahlil markazlari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Qayd etilganidek, qo‘mita tomonidan olib chiqilayotgan qonun loyihalarini ilmiy asoslangan holda maromiga yetkazishda, qishloq xo‘jaligiga oid qonunchilikni takomillashtirishda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlari bilan hamkorlik muhim o‘rin tutadi. 

Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ham sohadagi mavjud muammolar yechimida qonunchilikni takomillashtirish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan o‘zlarining ilg‘or g‘oya va takliflarini bildirdilar.

Yakunda ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari bilan kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilab olindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tGz3DKVcdSw" title="Tahlil markazlari bilan hamkorlik — qonun ijodkorligining muhim omili" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova, D.Yoqubov, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tahlil markazlari bilan hamkorlik — qonun ijodkorligining muhim omili (+video)