Jahon xalqlari, shu jumladan o‘zbek bolalar adabiyotidagi topishmoq, tez aytish, o‘yin qo‘shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, masal va dos-ton kabi asarlarning aksariyati bolalar uchun yaratilgan xalq og‘zaki ijodi namunalari zaminida yuzaga kelgan. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo‘ljallab yaratilgan va kattalar uchun yozilib, yosh kitobxonlar tomonidan ham sevib o‘qiladigan asarlarga ajratish mumkin.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "O‘zbekiston nashriyoti" DUK tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun nashr etilgan "Buyuklar bolaligi" turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida Abdulla Avloniy, Hamza, Elbek, G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, G‘ayratiy, Zafar Diyor, Po‘lat Mo‘min, Quddus Muhammadiy, Yequbjon Shukurov, Qudrat Hikmat, Asqad Muxtor, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Latif Maxmudov, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon va Hamza Imomberdiyev kabi adiblarning hissalari kattadir. Jamiyatimiz kelajagi bo‘lmish bolalarning bilimli, odobli, Vatanga sadoqatli, ota-ona oldida burchdor, o‘z davrining faol fuqaro bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlashda bolalar adabiyotining roli beqiyosdir. 

Bugungi "Buyuklar bolaligi" turkumida nashr etilgan bolalar kitoblari ham har bir o‘zbek xonadonidagi kitob javonlaridan alohida o‘rin egallashiga tilakdoshmiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nrqx5DZCDdw" title="&quot;Buyuklar bolaligi&quot; turkum kitoblari taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Buyuklar bolaligi" turkum kitoblari taqdimoti o‘tkazildi (+video)