Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining yig‘ilishida davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olish, raqobatsiz savdolar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilayotgan bitimlarni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida eshituv tashkil qilindi.

Ta’kidlanganidek, davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida savdolarda elektron tender tizimiga o‘tilishi savdo jarayonlarini onlayn tarzda o‘tkazish, xarajatlarni kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish imkonini bermoqda. «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani tender jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, raqobatning ochiq shakllarini joriy etish, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniyatlarini cheklash uchun huquqiy asos bo‘lmoqda. 

Yig‘ilishda davlat xaridlariga oid kamchilik va muammolar tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Xususan, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ravishda moliyaviy mablag‘lardan samarasiz foydalanish, tender savdolarida raqobat va xolislikning sustligi hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgan holatlar deputatlarning tanqidiga sabab bo‘ldi. 

Davlat buyurtmachilari tomonidan xaridlarni raqobatli usullarni chetlab o‘tgan holda, qonun hujjatlariga zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xaridlarni yuqori narxlarda amalga oshirish, ularni qismlarga bo‘lish, ochiqlik va shaffoflik prinsipiga rioya etmaslik holatlari aytib o‘tildi.

Hisob palatasining audit tadbirlarida jami 5,4 trillion so‘mlik davlat xaridlarini va amaldagi boshqa qonunchilik talablarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Bundan tashqari, 3,6 trillion so‘mlik xaridlar to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan.

Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, 2020 yilda 37,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 42 foiz, 2024 yilda esa 58 foizni tashkil etgan. Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilda umumiy qiymati 2,7 trillion so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan 6 ming 241 ta shartnoma davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan holda rasmiylashtirilgan, 61 ta davlat buyurtmachisining 405 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalari qonunchilikka rioya etmagan holda, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud holatda yoki affillangan shaxslar ishtirok etgan savdolar orqali tuzilgani ma’lum bo‘lgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 5 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida davlat rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilayotgan davlat xaridlarini ikki karra qisqartish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Qo‘mita eshituvida ushbu masalalar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning takliflari atroflicha muhokama qilindi. 

Deputatlar davlat xaridlari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, bu borada korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha xalqaro tajribadan keng foydalanish, tender savdolarida shaffoflik va raqobat erkinligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga oid taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bJUIZ5oE9Bs" title="Davlat xaridlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo ulushi oshib bormoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo ulushi oshib bormoqda (+video)