Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha G3 klassifikatsiyasidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan musobaqasi ilk kunida mamlakatimiz taekvondochilari 5 ta medalga ega chiqdi.

Xalqaro turnirning ilk kunida erkaklar -74, -80, -87, +87 kilogramm, ayollar esa -46, -49, -53 hamda -57 kilogramm og‘irlikdagi bellashuvlarda dayanga chiqishdi.

Bugun, 23 aprel kuni o‘tkazilgan bahslarda Pavel Xan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 13 nafar a’zosi medallar uchun kurash olib bordi.

Shiddatli kechgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz Jasurbek Jaysunov (-80) va Marat Mavlonov (+87) oltin, Shuhrat Salayev (-87) kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (-87) Madina Mirabzalova (-57) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ertaga xalqaro turnirning so‘nggi kungi bahslari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo WT: Xitoyda o‘tayotgan turnirning ilk kunida 5 ta medal qo‘lga kiritildi