16–19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida «Orol turizmi» haftaligi o‘tkazildi.

Haftalik doirasida «Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, «Orol rassomlar nigohida» ijodiy ko‘rgazmasi va pleneri bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada yosh havaskor va professional rassomlarning Orol haqidagi rasmlari namoyishi, shuningdek, 18 aprelda Mo‘ynoqda 2 km masofaga yugurish bo‘yicha «Aral Sea Eco Race» eko-marafoni o‘tkazildi. Ishtirokchilar dastlab daraxt ekiladigan maydonchagacha 1 km masofani bosib o‘tdi, maydonchada daraxt ekdi va yana marraga qaytdi. Har bir ishtirokchining o‘z raqamiga chip biriktirilgan bo‘lib, u daraxt ekish faktini qayd etdi. Finish chizig‘ida har bir ishtirokchi tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medal bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari «Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar» gastronomik festivali hamda tarixiy obidalarga unutilmas sayohat qilishdi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari uchun Xo‘jayli tumanida joylashgan qadimiy Mizdaxkon kompleksi, “Qoraqalpoq etno aul” turizm markazi, Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6pA7swG84Zg" title="&quot;Orol turizmi&quot; haftaligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Orol turizmi" haftaligi