Bugun, 23 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi delegatsiyalari o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlandi.  Uchrashuv  ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari — Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov boshchiligida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov o‘z Telegram-kanalida xabar berishicha, muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tmoqda.  Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. 

Muloqot davomida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda qator sohalarda hamkorlikni kengaytirish  masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek,  muhim mintaqaviy va  xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi