2025 yilning 19 aprel kuni kuni Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ushbu hujjat mazmun-mohiyati hamda ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi:   

– Dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga jiddiy ta’siri sezilmoqda. Xalqaro savdo hajmi 3,5 trln. dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi prognoz qilinayotgan bir vaqtda mamlakatimiz o‘z kuchi va ichki imkoniyatlariga tayanib, o‘z siyosatini yuritishi kerak.   

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan shu yil 1 maydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari belgilandi. Xalqaro amaliyot bilan taqqoslaganda, tovarlarni bojsiz olib kirish normalari O‘zbekistonda yuqori belgilangani namoyon bo‘ladi. Iqtisodi ancha katta, imkoniyatlari kengroq bo‘lgan davlatlar ham, boj to‘lovisiz o‘z mamlakatlariga kirib keladigan tovarlar qiymatini qat’iy cheklagan. Qayd etilishicha, 2023-2024 yillarda 1,1 mingta holatda 8,3 mlrd. so‘mlik bojxona qoidalari buzilishi aniqlangan. O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda 687 mingdan ziyod fuqarolar nomiga 5 mln. 735 mingdan ziyod jo‘natmalar kelgan. Ya’ni, jo‘natmani qabul qilgan har bir fuqaro nomiga o‘rtacha 8 tadan jo‘natma kelgan. Ayrim fuqarolar nomiga esa yiliga 1000 tadan 2400 tagacha (ya’ni, kuniga o‘rtacha 3-6 ta) jo‘natma kelgan.   

Barchaga ma’lum, har bir davlat bugungi dunyodagi tub iqtisodiy o‘zgarishlar davrida, global sanksiyalar sharoitida o‘zining iqtisodiy siyosatini milliy manfaatlari va o‘z xalqining farovonligi nuqtai nazaridan tashkil etmoqda. Ayni paytda, qaror bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar xalqaro standartlar va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga to‘liq muvofiq keladi.   

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “500 nafar yo‘lovchini deb 37 mln. odamni jazolashga qaror qilinibdi” degan fikrlar bildirildi. Bu 500 yo‘lovchi birgina Toshkent xalqaro aeroportidagi holat, Respublika miqyosida esa bu ko‘rsatkich faqat havo yo‘llari orqali 10 ming nafarni tashkil etmoqda. Masalan, ayrim fuqarolar 90 kun davomida 90 marta, ya’ni har kuni chet elga uchish bilan shug‘ullanib, tovarlarni bojlarsiz olib kirishni kasbga aylantirgan. Albatta, bu holatni tabiiy deb bo‘lmaydi va belgilangan imkoniyatlarni suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas. Umumiy hisoblaganda, masalan 3 ming yo‘lovchi doirasida hisob-kitob qilsak, 1 oyda 3 mingta fuqaro kamida 10 marotaba borib kelsa, har gal qiymati 2 ming dollarlik kamida 30 kg. tijorat tovarlarini shaxsiy ehtiyoj uchun deb olib kirsa, bu 1 yilda qiymati 720 mln. dollarlik salkam 11 ming tonna tovar ichki bozorga hech qanday to‘siqlarsiz va bojxona to‘lovlarisiz kirib keladi deganidir!   

Bu yerda shaxsiy ehtiyoj to‘g‘risida gapirishga umuman o‘rin yo‘q. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, avtomobilda va piyoda ravishda harakatlaniladigan chegara bojxona postlari orqali ayrim fuqarolar o‘ziga tegishli bo‘lmagan tovarlarni ma’lum haq evaziga olib o‘tib berib, “tashmachilik” faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Ulardan ayrimlari bir oyda 100 martagacha chegarani kesib o‘tayotganini inobatga olsak, o‘z ehtiyoji uchun degan niqob ostida aslida tijorat maqsadidagi tovarlarni tashishayotgani oydinlashadi. Natijada, bu yo‘l bilan yirik partiyadagi tovarlar mayda partiyalarda hech qanday bojxona to‘lovlarsiz O‘zbekiston ichki bozoriga kirib kelmoqda.   

Kurerlik jo‘natmalari orqali bojsiz olib kirish me’yorlari Xitoyda 288 AQSH dollari, Janubiy Koreyada 150 AQSH dollari, Gruziyada 125 AQSH dollari, Ukrainada 100 yevro, Buyuk Britaniyada 188 AQSH dollari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 41-175 AQSH dollari va Turkiyada 79 AQSH dollarini tashkil qiladi. O‘tgan yil O‘zbekistonda 687 mingdan ziyod fuqarolar nomiga 5 mln. 735 mingdan ziyod jo‘natmalar kelgan. Ya’ni, jo‘natmani qabul qilgan har bir fuqaro nomiga o‘rtacha  

8 tadan jo‘natma kelgan. Ayrim fuqarolar nomiga esa yiliga 1000 tadan 2400 tagacha (ya’ni, kuniga o‘rtacha 3-6 ta) jo‘natma kelgan. Jo‘natmalar soni 2023 yilga nisbatan salkam 3 barobarga oshgan. Ushbu jo‘natmalarda 167 mln. AQSH dollari qiymatidagi salkam 22,3 ming tonna tovarlar kirib kelgan. Bu 2023 yilga nisbatan qiymat jihatidan 1,4 barobarga, miqdor jihatidan 1,3 barobarga ko‘payganini anglatadi.   

Nomiga jo‘natmalar yuborilgan fuqarolarning shaxsi o‘rganilganida ular orasida vafot etgan shaxslar ham aniqlangan, aksariyat hollarda esa nomiga chet eldan jo‘natma kelgani haqida fuqarolarning xabari ham yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababdan endilikda, temiryo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda ikki kalendar kundan, havo transportida uch kalendar kundan kam muddat bo‘lgan taqdirda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi. Bunda, ushbu tovarlarga bojsiz olib kirish normasidan ortiq deb qaraladi hamda tovarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Bu kabi muddat belgilash amaliyoti boshqa davlatlarda ham bor. Masalan, Kanada, Singapur va Ozarbayjonda 48 soatni tashkil qiladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ilgarigi amaldagi qonunchilikda chegara postlari orqali tovarlarni notijorat tovar niqobi ostida noqonuniy olib o‘tish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Shuningdek, 2024 yilda chegara bojxona postlarimizda “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan 1190 nafar jismoniy shaxslar tomonidan 21 mlrd. so‘mga yaqin tovarlarni noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar aniqlangan.   

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu o‘zgarishlar tartibli tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali tushumlarni oshirish hisobiga faqat va faqat jamiyatimiz manfaatiga, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishiga, tadbirkorlarimizni emin-erkin ishlashlariga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, byudjetga tushumlarning oshishi hisobiga yangidan-yangi bog‘chalar, maktablar, tibbiyot muassasalarining qurilishiga va infratuzilmani kuchaytirishga, pirovardida odamlarimizning turmush farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari o‘zgartirildi