Joriy yilning may-iyul oylarida mamlakatimizda mahalla raislari saylovi bo‘lib o‘tadi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan brifingda shu haqda so‘z yuritildi.

Uyushma axborot xizmati rahbari Jobir Asqarov bu haqda batafsil ma’lumot taqdim etdi. 

– So‘nggi yillarda mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash, tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirish, uning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mahalla tizimining aniq mexanizmi belgilab berilgan. Mahallaga qo‘shimcha kuch va imkoniyatlar taqdim etilyapti, vakolat ham, mas’uliyat ham quyi tizimga tushirilmoqda.

Natijada mahalla har bir oila, har bir inson muammosi, dard-u tashvishiga chuqur kirib bora oladigan xalqchil tuzilma sifatida yanada faollashdi.

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori “mahalla yettiligi”ni tashkil qilib, yagona jamoa sifatida ishlash tartibi joriy etildi.

Bugungi kunda 9 ming 452 ta mahallada 57 ming 132 nafar “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyat olib bormoqda. O‘z navbatida yettilik faoliyatini tizimli tashkil etish, samarali ishlashini ta’minlashda mahalla raisining o‘rni alohida. Mahallalarimizda eng munosib, jonkuyar, fidoyi raislarning ishlashi har bir fuqaroga bog‘liq.

Joriy yilning may-iyul oylarida mamlakatimizda fuqarolar yig‘ini raisi saylovlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq endilikda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. 

Mamlakatimiz tarixida ilk bor saylovlar yangicha demokratik tamoyillar asosida, ochiqlik va oshkoralikda, fuqarolarimizning xohish va irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga xos tarzda o‘tkaziladi.

Qonunchilikdagi muhim o‘zgartirishlardan yana biri mahalla raisi saylovini o‘tkazish muddatlarini belgilash normasi endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari vakolatiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu o‘zgartirish joylardagi mahallalarning mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yishiga yordam beradi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalla raisi sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini, o‘tkazish muddatlarini va tartibini belgilovchi vakolatlarni nomarkazlashtirish hisoblanadi.

Qonunga kiritilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar fuqarolar yig‘ini saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, saylovga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibini belgilovchi vakolatlarni nomarkazlashtirish, fuqarolar yig‘inlari raislarini o‘z bilim va qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlariga xizmat qiladi.

Joriy yilning may-iyul oylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini raislari sayloviga Respublika shtabi va joylardagi komissiyalar tomonidan qizg‘in tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan, Mahallalar uyushmasida Respublika shtabi, 14 ta hududda hamda 208 ta tuman va shaharda mahalla raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar qoshida Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mahallalardagi ishchi guruhlarning ish samaradorligini oshirish uchun 10 turdagi kanselyariya mahsuloti bilan ta’minlandi. Aholining fuqarolar yig‘ini raisi saylovlari bo‘yicha xabardorligini oshirish, shuningdek, ularni saylovga chorlash maqsadida har bir mahallaga saylovga oid targ‘ibot plakatlari, Respublika bo‘ylab bannerlar elektron tablolarga turkum chaqiriqlar aks ettirilgan videoroliklar joylashtirildi.

Saylovlar o‘tkaziladigan joylarga nomzodlar va saylovga oid ma’lumotlar stendlari joylashtirilmoqda. 14 ta hududda Kengashlarning sessiyalari o‘tkazilib, mahalla raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

208 ta tuman (shahar) Kengashlari sessiyalari qarori bilan fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari  tasdiqlandi. Mahalla raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mahallalarda fuqarolar yig‘inlari vakillar yig‘ilishlari qarori bilan ishchi ishchi guruhlari tasdiqlandi.

May-iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishchi guruhlar tomonidan 208 ta tuman (shahar) ko‘maklashuvchi komissiyalarning qarori bilan mahallalarda vakillar miqdori belgilandi. Saylovda 2 million 591  ming 823 nafar vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

N.Usmonova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raislari sayloviga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?