Xitoyning Xanchjou shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisligida Shanxay Hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston davlatlari  delegatsiyalari ishtirok etmoqda.   

Yig‘ilishda SHHTning muloqot bo‘yicha hamkor-mamlakatlar – Ozarbayjon va Turkiya Oliy sudlari raislari, SHHT kotibiyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakillari ham qatnashmoqda.   

Tadbir davomida SHHTga a’zo davlatlar Oliy sudlarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov boshchilik qilmoqda. 

*** 

Xitoyga tashrif doirasida Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov XXR Oliy xalq sudi raisi Chjan Szyun bilan uchrashdi. 

Tomonlar sud-huquq sohasida samarali idoralararo hamkorlik uchun mavjud salohiyat va imkoniyatlar yaratilganiga  alohida e’tibor berib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Xususan, sudlarning ixtisoslashuvi, sud tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish va shu kabi boshqa dolzarb masalalar muhokama etildi. 

*** 

Tojikiston  Oliy sudi raisi Rustam Mirzozoda bilan  uchrashuvda ikki mamlakat oliy sud organlari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 2018 yilda Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangani, ayni paytda mazkur hujjat ikki mamlakat sud hokimiyati oliy organlari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuvning huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotgani qayd etildi.  

    *** 

Eron Islom Respublikasi Sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Muhsiniy Ejeiy bilan uchrashuvda ikki mamlakat sud idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda