“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbonning “Makkayu madinam yohud uzoq-yaqin ko‘ngillar” va “Yaxshiliklar chamani yoxud sarhisob” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida madaniyat xodimlari, ma’naviyat jonkuyarlari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, shoirning yaqinlari, kutubxonachilar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Shukur Qurbonning o‘zbek sheriyatiga qo‘shgan hissasini, uning qalamiga mansub she’rlar, ularning samimiyligi va xalqchilligini e’tirof etdilar. Shukur Qurbon she’rlari insonparvarlikka, mehr-muhabbatga chorlaydi, inson qalbini nurga to‘ldiradi, uni xushnud etadi.

“Makkayu Madinam yoxud uzoq-yaqin ko‘ngillar” nomli asarda olis bir qishloqdan shaharga borib o‘qigan va u yerda ishlab qolgan kimsaning farzandlik burchini bajarish yo‘lidagi urinishlari hamda onasiga mehr-muhabbati to‘g‘risida hikoya qilinadi.

“Yaxshiliklar chamani yoxud sarhisob” kitobida shoir qalbining to‘ridan joy olgan eng oliy xislari yo‘g‘rilgan she’rlari o‘rin olgan. Yozuvchining yillar davomida yozilgan ushbu kitoblar hayotiyligi, ta’sirchanligi, o‘ziga xosligi va samimiyati bilan kitobxonlarga manzur bo‘lishi shubhasiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-Ko0nnhsfIU" title="Oʼzbekiston – kitobxonlar yurti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – kitobxonlar yurti (+video)