Rim Papasi Fransisk vafotidan keyin Vatikandagi konklav katolik cherkoviga yangi rahbar saylaydi.
“The Telegraph” nashri yozishicha, filippinlik 67 yoshli kardinal Luis Antonio Tagl mazkur lavozimga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilyapti. Osiyodan birinchi papa etib saylanishi kutilayotgan bu mutaxassis o‘z qarashlari, turmush tarzi tufayli “Osiyolik Fransisk” nomini olgan.
Tagldan tashqari taxtga ehtimoliy nomzodlar orasida ilk bor qora tanli papa bo‘lishga intilayotgan 76 yoshli Piter Turkson, kardinallar Piter Erdo, Petro Parolin va Robert Sara bor.
Ro‘yxatda shuningdek Malta, Italiya va Portugaliya vakillari ham bor.