Yakka tartibdagi qurilishda xususiy nazorat tizimi joriy etiladi, qurilayotgan ob’ektning QR-kodli pasporti bo‘ladi, qurilish sohasida onlayn nazorat tizimi joriy etiladi, alohida elektron platformaga kadastr va suv ta’minoti ma’lumotlari integratsiya qilinadi, qurilish xavfsizligi va suv tizimlarining texnik nazorati bo‘yicha yangi tartiblar – Prezident farmoniga sharh.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi har bir fuqaroning hayoti va farovonligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim sohalardan biri hisoblanadi.Shu bois, so‘nggi yillarda ushbu sohada tizimli islohotlar olib borilmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda hamda qurilish ishlarining sifati sezilarli darajada oshirilmoqda.

O‘tgan yil yurtimizda jami 40 million kvadrat metrdan ziyod bino-inshootlar qurilgan. Jumladan, 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 ming 44 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etilgan.

Bu faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi emas, balki hududlar iqtisodiyotida yana bir drayver bo‘lmoqda. Xususan, mazkur uylarni barpo etishda va yondosh tarmoqlarda 350 ming odam ish bilan ta’minlangan. Mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trillion so‘mlik bozor paydo bo‘lgan. Iqtisodiyotda 73 trillion so‘m mablag‘ aylanib, byudjetga 14 trillion so‘m tushgan.

Sohani rag‘batlantirish uchun 2024 yilda 59 ming odamga 17 trillion so‘m ipoteka krediti ajratilgan. Quruvchi va developerlarga aylanma mablag‘ uchun jami 3 trillion so‘m berilgan.

Joriy yilda ham bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 120 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15 trillion 500 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Banklar tomonidan bunga qo‘shimcha 10 trillion so‘m, "Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" tomonidan 2,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Buning yordamida 70 mingta xonadonning ipoteka krediti orqali sotilishiga sharoit yaratiladi. Shundan 30 ming xonadon boshlang‘ich badaliga byudjetdan subsidiya to‘langan holda, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga beriladi.

Aytib o‘tilganidek, har bir fuqaroning hayoti va farovonligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sohada davlat nazoratini samarali tashkil etish nihoyatda muhim. So‘nggi ikki yil davomida uy-joy qurilishi sohasida 5,5 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangani, sohaga bo‘lgan nazoratning yetarli darajada emasligini ko‘rsatadi.

Shu nuqtai nazardan yaqinda qabul qilingan “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni aynan shu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘ldi.

Hujjat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik ta’minotidan foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini ko‘rsatish hamda ulardan foydalanish yuzasidan ta’sirchan davlat nazoratini ta’minlashni maqsad qiladi.

Quyida farmonda belgilangan asosiy chora-tadbirlarga to‘xtalamiz.

Tadbirkorlik sub’ektlari bilan inspeksiyalar o‘rtasida shartnomaviy nazorat amaliyoti joriy etiladi

2025 yil 1 maydan boshlab, agar tadbirkorlik sub’ekti bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qiluvchi hududiy inspeksiya o‘rtasida ommaviy oferta shaklida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, u holda qurilish ob’ektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati shartnoma asosida amalga oshiriladi va bu nazorat "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olinmaydi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va saqlash qoidalari bo‘yicha nazorat o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatiga – moliyalashtirish manbasidan qat’i nazar aralashishga inspeksiyaga qat’iyan ruxsat berilmaydi.

Qurilayotgan ob’ektning QR-kodli pasporti bo‘ladi

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir qurilayotgan ob’ekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Ushbu pasport orqali quyidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi: shaharsozlik sub’ektlari, qurilish muddati, shaharsozlik hujjatlari (eskiz loyihalari) hamda tasdiqlangan ekspertiza xulosalari.

Qurilish xavfsizligi va suv tizimlarining texnik nazorati bo‘yicha yangi tartiblar

Ko‘p kvartirali uylardagi xonalar yoki yerto‘lalarni qayta qurish va rejalashtirishda shaharsozlik qoidalariga zid ravishda tayanch devorlar yoki konstruktiv qismlarga o‘zgartirish kiritish, ularni buzish, shuningdek binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.

2025 yil 1 iyuldan boshlab ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlari bilan bog‘liq barcha ob’ektlar majburiy ravishda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi.

Qurilish sohasida onlayn nazorat tizimi joriy etiladi

2025 yil 1 iyuldan boshlab hududiy inspeksiyalarda bosqichma-bosqich Qurilish ob’ektlarini onlayn kuzatish markazlari tashkil etiladi. Tajriba tariqasida 2025 yilda Qashqadaryo viloyatida Davlat byudjeti hisobidan qurilayotgan yangi ob’ektlarga videokameralar o‘rnatiladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati jarayonlarida mobil videokameralar (bodikameralar) va maxsus planshetlardan foydalaniladi. Ushbu qurilmalardan olingan ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qurilish ob’ektlarini onlayn kuzatish markazlariga yuboriladi.

“E-mamuriy ish” axborot tizimida shaharsozlik qonunchiligini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rish tartibi soddalashtiriladi.

"Qurilishda davlat nazorati" elektron platformasiga kadastr va suv ta’minoti ma’lumotlari integratsiya qilinadi

2025 yil 1 sentyabrga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasiga quyidagi ma’lumotlar integratsiya qilinadi:

— Kadastr agentligining “UZKAD” tizimidagi ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanish maydoni, unga tutash yer uchastkalari, xonadon egasi, kadastr raqami va chizmalar haqidagi ma’lumotlar;

— “O‘zsuvta’minot” AJ billing tizimidagi iste’molchilarning manzili va soni, suv hisoblagichlari ko‘rsatkichlari, suv sarfi, qarzdorlik, oqova suv chiqarish va yangi ulangan iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar.

Yakka tartibdagi qurilishda xususiy nazorat tizimi joriy etiladi

2025 yil 1 iyuldan boshlab yakka tartibdagi uy-joylar va kichik noturar ob’ektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish jarayonida qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi (xususiy qurilish nazorati).

Xususiy qurilish nazoratini qurilish ob’ektining loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini ishlab chiqqan, litsenziyaga ega loyiha tashkiloti (loyihachi) shartnoma asosida olib boradi.

Qurilish tugagach, loyihachi “Shaffof qurilish” axborot tizimida xulosa shakllantirib, buyurtmachiga taqdim etadi.

Qurilgan ob’ektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan beriladi. Agar ob’ekt bo‘yicha xususiy qurilish nazorati o‘tkazilmagan bo‘lsa yoki loyihachining ijobiy xulosasi bo‘lmasa, ob’ekt foydalanishga qabul qilinmaydi.

Quyidagilar xususiy qurilish nazorati ob’ektlari hisoblanadi:

– ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xo‘jalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

– qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Inspeksiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Umidjon Qurbonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida davlat nazorati: Yangi farmon, yangi tartib