AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan brifingda ma’lum qilinishicha, “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun iqlim o‘zgarishi, hosilga zarar yetkazuvchi tabiiy ofatlar hamda nobud qiluvchi omillar keskin ko‘payib ketayotgan bir davrda juda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi.

Jumladan, tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi, yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi, uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzadi.

Kelgusida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini turli tavakkalchiliklardan himoya qilish va barqaror daromad olishini kafolatlash uchun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasi tavakkalchiliklarini sug‘urtalashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yaratilmoqda. Xususan, sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarini sug‘urtalangan tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘radigan zararlarni qoplash uchun Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, yetmagan qismi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalash tizimi joriy etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratishga imkon beradigan sug‘urta majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.  

Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi sohasi tavakkalchiliklarini sug‘urtalashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yaratilmoqda