Poytaxtimizdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “CSI1-W” Jahon kubogining birinchi bosqich bahslari yakunlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Qurbonov 3 ta yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan holda o‘zbek chavandozlarining mahoratini dunyoga namoyon etdi. 

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, B.Qurbonov dastlab “CSI1-W” musobaqasining “Competition 5” yo‘nalishida 130 sm. to‘siqlardan ot sakratishda “Santos Hippica” nomli tulpori bilan oltin medalga ega chiqdi. 

Shuningdek, “Grand Prix” va “Eurasia League” (Maxima Masters Eurasia cup) final bosqichida 160 sm. balandlikdagi to‘siqlarda o‘tgan bellashuvlarda “Matts V.G” laqabli oti bilan tengsiz ekanini isbotladi. 

Darvoqe, “Eurasia League” musobaqasida yana bir hamyurtimiz Xurshidbek Alimjonov “Champions League” tulpori bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti: Bekzod Qurbonov jahon kubogida uchta oltin medalga ega chiqdi