Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan chempionatda madhiyamiz yangradi.

Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mixail Kleshko 50 metr masofaga chalqancha usulda suzish bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qildi. Mahoratli sportchimiz dunyoning bir qator kuchli sportchilari bilan bahsda  26.43 soniya natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Joriy yil Singapurda o‘tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘taydigan ushbu Dubay xalqaro turniri davom etayotgan ayni kunlarda Toshkentdagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari suv sporti havzasida suzish bo‘yicha U15, U17 va katta yoshdagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Mamlakat chempionatida yurtimizning turli hududlaridan 300 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Shiddatli kechgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, Andijon, Namangan, Navoiy, Toshkent, Buxoro viloyati vakillari turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritdi. Umumiy medallar jamg‘arishda poytaxtlik sportchilar yetakchi bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Dubayda madhiyamiz yangradi