O‘quv-uslubiy yig‘in

Komandir – boshqaruv ko‘nikmasiga ega, qo‘l ostidagilarining jismoniy va aqliy salohiyatini oshirish, doimo jangovar shay holda bo‘lishini ta’minlashi zarur. Chunki zamon shuni talab qilyapti. Demak, yetakchi professional bo‘lishi kerak. Ana shunda bo‘ysunuvchilari ham unga ergashadi va ishonadi. Berilgan vazifalar tezkor bajariladi.

Toshkent harbiy okrugidagi “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xizmat qilayotgan jangovar tayyorgarlikka mas’ul ofitserlar va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-uslubiy yig‘inda ham ushbu fikrlar alohida ta’kidlandi.

Bir necha kun davom etgan mazkur yig‘in nazariy va amaliy tarzda olib borildi. Har bir jarayon ishtirokchilar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Zamonaviy bilimlar chuqur tahlil etildi. Mintaqa va jahonda yuz berayotgan harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurligi misollarda keltirib o‘tildi.

Yig‘inda mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov ham qatnashib, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan barcha sohalar singari milliy armiyamizning jangovar qudratini yanada oshirish, saflardagi harbiy xizmatchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelayotganini e’tirof etdi.

[gallery-22916]

– Yig‘inning ahamiyatli jihati komandirlar va ularning o‘rinbosarlariga jangovar tayyorgarlik borasida faqat nazariy ma’lumotlar berib qolinmay, o‘quv savollari amaliy tarzda ham ko‘rsatildi va muhokama qilindi, – deydi podpolkovnik Ortiqjon Atayarov. – Shuningdek, o‘quv-uslubiy yig‘in davomida uzoq masofaga marsh yurish, mudofaa va hujumda to‘qnashuv jangi yuzaga kelganda guruhning vazifalari birgalikda ko‘rib chiqildi. Qolaversa, komandirlarning bunday vaziyatlarda bo‘linmani boshqarishi va o‘t ochish manyovrlari hamda bo‘linmalar bilan hamkorlikda harakatlanish kabi jihatlar ham nazariy va amaliy tarzda namoyish etildi. Aytish kerakki, jangovar tayyorgarlikda turli zamonaviy qurollardan oqilona foydalanish orqali belgilangan nishonlar o‘ta aniqlikda yakson etiladi. Yig‘in davomida ham ayni jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Taktik tayyorgarlik, qo‘shinlarni mohirona boshqarishda komandirlarning salohiyati, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy sifatlarini mustahkamlash, qurolli to‘qnashuvlarning qiyosiy tahlili, shuningdek, jang olib borishning zamonaviy usullarini o‘rganish va eng maqbullarini qo‘shinlarda joriy etish... bular keng qamrovli o‘quv-uslubiy yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan etib belgilab olindi.

– Shaxsiy tarkibning jangovar shayligi, qo‘yilgan topshiriqni qay darajada uddalay olishi, albatta, bu jangovar tayyorgarlikka mas’ul vakillarning nechog‘lik o‘z kasbining ustasi ekani, bilimli va vaziyatni to‘g‘ri baholay olish qobiliyatiga bog‘liq, – deydi podpolkovnik Oybek Qosimov – Shu sabab ham uslubiy yig‘inda ishtirokchilarning qo‘l ostidagi bo‘ysunuvchilari bilan amaliy mashg‘ulotlarni bugungi kun talablariga mos tarzda tashkil etish, jangovar topshiriqlarni sifatli va samarali o‘tkazish, qurol- aslahalar va harbiy texnikalardan foydalanish kabi masalalarni o‘zida jamlagan o‘quv joylarida ayni savollar yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.  

O‘quv-uslubiy yig‘in ishtirokchilari, qo‘shinlarda shaxsiy tarkib bilan o‘quv yili davomida jangovar tayyorgarlikni tashkillashtirishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdi, yangi yondashuv va uslublarni o‘rgandi.

Belgilangan topshiriqni bajarish uchun harbiy xizmatchilarda puxta bilim, iroda va mahorat kerak. Boshqa o‘quv joyida zirhli jangovar texnikalarni boshqarish, ekipaj a’zolarining vazifalarni bajarishi borasidagi harakati, yaradorlarni xavfsiz hududga olib chiqish amaliyotlari ham ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.

Yig‘in rejasidan joy olgan o‘quvlar nafaqat kunduzgi sharoitlar, balki tungi, ko‘rish cheklangan vaziyatlarda ham olib borildi.

Qisqasi, qo‘shinlar istalgan daqiqada o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir harbiy xizmatchi jangovar tayyorgarlik bo‘yicha muntazam shug‘ullanish, o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib bilimlar egallashi orqali haqiqiy professional kadr bo‘lib shakllanadi. Yetakchi esa, ularning o‘ziga ishonchini oshiradi. Yig‘inning bosh maqsadi esa jangovar tayyorgarlikka mas’ullarning mas’uliyatini yanada oshirishdan iborat. Va shunday ham bo‘ldi. Natijalar esa ko‘p kuttirmay o‘z samarasini beradi, albatta.

Shohrux SAIDOV,

kapitan, “Vatanparvar” muxbiri.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetakchi professional bo‘lishi kerak