Xalqaro dayjest

Ushbu hafta Tehronga tashrif buyurgan Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi Eron yadroviy qurol yaratishga yaqin turganini aytdi va MAGATE ayni mavzudagi har qanday muzokarada ishtirok etishi shartligini ta’kidladi.

– Eronda bir emas, bir necha bomba yasash uchun yetarli ashyo bor, – dedi mulozim «Monde» nashriga bergan intervyusida. – Bu mamlakat hali yadro quroliga ega emas, lekin tan olish kerak, o‘sha kundan uncha uzoq ham emas. So‘nggi to‘rt yil ichida Islom Respublikasi bu borada barqaror tezlashganini ko‘rdik.

Tuzilma rahbarining tashrifi O‘mon vositachiligida Eron va AQSH bilvosita bir necha muzokara o‘tkazayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Grossi ta’kidlashicha, MAGATE Tehron yadro dasturi bo‘yicha ikki qudratli davlat o‘rtasidagi muzokaradan chetda qolishi mumkin emas. Zero, mazkur tashkilot tomonidan ma’qullanmasa, «har qanday kelishuv qog‘oz»dir.

– Hozircha Araqchiy va Uitkoff muloqotida yo‘qmiz, biroq ko‘tarilgan masalaga befarq emasmiz, – deya qo‘shimcha qilgan agentlik yetakchisi. – Tomonlar yaxshi biladiki, har qanday ehtimoliy kelishuv bo‘yicha fikrimizni bildirishimiz zarur, chunki biz jarayonni nazorat qilishimiz, mavjud vaziyatni tekshirishimiz kerak. Ular bilan norasmiy muzokara olib borganmiz. Bandlari aniq matn paydo bo‘lishi bilanoq, shartlar bo‘yicha fikr bildiramiz.

Tramp mart oyi boshida Eron oliy rahnamosi Ali Humanaiyga maktub yo‘llab, yangi yadroviy kelishuv taklif qilgan. Agar diplomatiya muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy usulda javob berish bilan tahdid qilgan. Bunga javoban Islom Respublikasi rahbariyati Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazish imkoniyatini rad etib, faqat uchinchi davlatlar vositachiligidagi muloqotga rozi bo‘ldi.

2015 yil Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron kelishuvga erishgan. Bitimda o‘z yadro dasturini cheklashi evaziga Islom Respublikasiga nisbatan sanksiyani yumshatish taklifi kiritilgan.

AQSH 2018 yil mayda, Trampning avvalgi prezidentlik davrida kelishuvdan chiqdi va Tehron rahbariyatiga qarshi sanksiyani qayta tikladi. Bunga javoban Eron hujjat bo‘yicha majburiyatini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususan yadroviy tadqiqot olib borish va uranni boyitish darajasini cheklashdan voz kechishini e’lon qilgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington tashqi siyosati bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha ko‘zlangan natijaga erisha olmadi. Shuning uchun ham u Tehron bilan muzokara jarayoni o‘z g‘alabasi yoki mag‘lubiyatini belgilaydigan omil, deb hisoblaydi. Ayni mazmundagi bayonotni Eron parlamenti komissiyasi Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha a’zosi Abulfazl Zuhrovand muzokaraning yaqin orada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ikkinchi davrasi oldidan «RIA Novosti»ga intervyu bergan.

– Tramp nima qilsa, muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti, – dedi u. – Kanada va Grenlandiya, Ukraina, Xitoy va G‘azo sektori masalasida hech narsaga erisha olmadi.

Siyosatchi ishonch bilan ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hozir «juda og‘ir ahvolda» va bu haqda faqat Trampning o‘zi va uning jamoasi bilishi mumkin. Yetakchi «savdo urushi»ni boshlash bilan Yevropa davlatlari va Xitoyning keskin noroziligiga duch keldi. Amerika valyutasi ham, Isroil ham yomon ahvolda. Demak, AQSH qaysidir nuqtada, Yaqin Sharq yoki o‘z hududida «inqiroz to‘foni»ga duch kelishi mumkin.

O‘tayotgan hafta Eron va AQSH delegatsiyalari O‘monda uchrashgan edi. Tehron tarafiga ko‘ra, muzokara yaxshi o‘tgan, biroq Vashington Eron yadro dasturini butunlay yo‘q qilish talabidan voz kechishi kerak.

G‘azoda o‘limlar

Juma kungi Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok bo‘lgan. Bu haqda «Al-Jazira» telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bombardimon qilingan.

Shu yilning 18 martga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Bosh vazir Benyamin Netanyahu hujumlar HAMAS AQSHning sulhni uzaytirish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasini qabul qilishdan bosh tortgan sababli qayta boshlanganini aytdi.

Shuningdek, Falastin harakatining Siyosiy byurosi a’zosi Izzat al-Rishk Netanyahuning urushga qaytish qarori G‘azo sektoridagi isroillik garovga olinganlar uchun o‘lim jazosi berilishini anglatishini bildirgan.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda Birlashgan Millatlar Tashkilotini G‘arbiy Sohilda kuchaygan hujumni to‘xtatish imkoniyatidan to‘liq foydalanishga chaqirdi.

Bu da’vat BMT Bosh kotibining siyosiy va tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Enn Di Karlo bilan uchrashuvda yangragan. Shuningdek, ikki rasmiy boshqa muhim mintaqaviy va xalqaro voqealarni ham muhokama qilgan.

Di Karlo BMT Isroilning harbiy amaliyotini to‘xtatish uchun allaqachon muayyan choralar ko‘rganini eslatarkan, bu boradagi sa’y-harakat kuchaytirilishini ta’kidladi.

Isroil harbiy-dengiz kuchlarining yuzlab zobiti Bosh vazir Binyamin Netanyahu isroillik mahbuslarni ozod qilish uchun G‘azo urushini to‘xtatishga chaqirilgan petitsiyani imzolagan.

Falastinning Shahab axborot agentligi xabar berishicha, 450 nafar ishlaydigan va iste’fodagi zobit uzoq davom etayotgan urushda Isroil maqsadiga erisha olmaganidan, asirlarni qutqarishda yuzaga kelayotgan qiyinchilikdan xavotirlanib, shikoyat yozgan.

Arzdorlar fikricha, mojaro davom etishi nafaqat davlat xavfsizligiga putur yetkazadi, balki Falastin qarshiligi qo‘lida qolgan mahbuslar taqdirini ham xavf ostida qoldiradi.

Kanada armiyasini qayta qurollantirish niyatida

Kanada Bosh vaziri Mark Karni uzoq vaqt mudofaa sohasida Qo‘shma Shtatlarga tayangan mamlakat bundan buyon Qurolli kuchlarini zamonaviy talab darajasiga keltirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

– Armiyamizga kam mablag‘ ajratilardi, – dedi Karni Kvebekda mahalliy telekanallar uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida. – Oxirgi konservativ hukumat davrida mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning 1 foizdan kami sarflandi. Endi nafaqat Qurolli kuchlarni zamonaviy standartga moslashtiramiz, balki mamlakatimiz duch keladigan tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor holatga kelamiz. Kanada bundan buyon Ukrainaga yordam beruvchilar koalitsiyasi kabi tashabbuslarda ishtirok etish orqali Yevropani qayta qurollantirish va transatlantik xavfsizlikni mustahkamlashda ham ishtirok etadi. Ayni maqsadlarga erishish uchun Ottava ichki mudofaa ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Mart oyida Karni partiyasi navbatdan tashqari saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakat mudofaasiga misli ko‘rilmagan sarmoya kiritilishini aytgan. Avvalroq mamlakat general-gubernatori Meri Saymondan parlamentni tarqatib yuborish va 28 aprelgacha muddatidan oldin saylov o‘tkazishni so‘ragani haqida gapirgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp bir necha bor Kanadaning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi tarafdori sifatida shimoliy qo‘shnisi mudofaa uchun yetarli mablag‘ ajratmayotganiga ishora qilib, himoya uchun Vashingtonga umid bog‘laganini iddao qilgan.

AQSH bilan savdo urushi Yevropa Ittifoqiga 1,1 trillion yevroga tushadi

AQSH bilan 2025-2028 yillar uchun mo‘ljallangan tarif urushi birgina Germaniyaga yillik yalpi ichki mahsulotning 1,6 foizi – 290 milliard yevroga tushishi taxmin qilinmoqda.

Butun Yevropa Ittifoqining bu jarayondagi xarajati esa 1,1 trillion yevroni tashkil qilishi mumkin. Shu bois tomonlar savdo siyosati borasida jiddiy muzokara olib bormoqda.

Bu raqamlar Prezident Donald Tramp tashabbusi bilan boj siyosatida olib borilgan islohotlar natijasida yuzaga kelgan. Germaniya iqtisodiyot instituti ommaga taqdim etgan tahliliy ma’lumotda ayni jarayon rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘proq zarar keltirishi, ba’zi yurtlar o‘sish sur’atida keskin yo‘qotishga duchor bo‘lishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Qo‘shma Shtatlar ko‘hna qit’adan kirib boradigan 25 milliard yevrolik po‘lat va alyuminiyga 25 foizlik boj joriy qildi. Bryussel 22 milliard yevrolik AQSH importiga javob tarifini tayyorladi. Bu ikki bosqichda kuchga kiradi: 15 aprel va 15 may. 2 aprel kuni Tramp 200 dan ortiq mamlakatga nisbatan «oyna» tarifi joriy etilishini bildirdi. YeI uchun bu ko‘rsatkich 20 foiz. Mazkur chora kuchga kirishi arafasida AQSH 90 kunlik tinish e’lon qildi. Bu vaqt davomida 10 foizlik bazaviy stavka amal qiladi. Bryussel ham ayni chog‘ javob chorasi amaliyotini keyinga qoldirdi.

«Corriere della Sera» nashri yozishicha, hozir Bryussel va Vashington savdo siyosati bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi xarid qilinayotgan Amerika suyultirilgan gazini ko‘paytirish, shuningdek AQSHdan qurol olib, qayta qurollanish uchun moliyaviy vositani kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Iroq Bosh vaziri va Suriya Prezidenti Qatarda uchrashdi

Qatarga kutilmagan safar uyushtirgan Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia As-Sudaniy Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va Suriya Prezidenti Ahmad Ash-Sharaa bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Iroqning INA rasmiy axborot agentligi hukumatga yaqin manbalariga tayanib yozishicha, tomonlar mintaqadagi so‘nggi voqealar, xususan Damashq bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.

Sudaniy Bag‘dod Suriyadagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatayotganini aytib, Isroilning harbiy harakatlaridan noroziligini bildirgan. Suriyada inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash, barcha diniy, ijtimoiy va milliy guruhlarni himoya qilish, shuningdek muqaddas joylar xavfsizligini ta’minlash masalalariga Iroqning qat’iy yondashuvini tasdiqlagan.

Ash-Sharaa 17 may kuni Bag‘dodda bo‘lib o‘tadigan Arab ligasi sammitiga rasman taklif qilingani va anjumanda ishtirok etishidan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy payshanba kuni Moskvaga tashrif buyurgan.

Qatar Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishga bir necha bor urinib ko‘rdi va urush paytida ota-onasidan ajralgan har ikki davlatdan bolalarni qaytarishga yordam berdi.

Rossiya va Qatar shu hafta yetakchilar Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun tinchlik kelishuviga erishish harakatlarini muhokama qilishlarini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp bir necha bor «qon to‘kishi»ga barham berishni istayotganini aytdi, biroq bu borada hali muvaffaqiyatga erishgani yo‘q. Moskva kelishuv bo‘yicha kelishuvga erishish oson bo‘lmasligini aytdi.

Kremlning bildirishicha, Putinning Qatar amiri bilan muzokaralarida mintaqaviy masalalar ham muhokama qilinadi.

Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Muhammad Al-Xulayfiyning TASS davlat axborot agentligiga aytishicha, muhokamalar Ukraina, Suriya, G‘azo sektori va suyultirilgan gaz kabi energiya manbalarini qamrab oladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7VRJzjgMGiA" title="Kanadaning qurollanishi, Yevropaning ziyonga kirishi, Qatarda muzokaralar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sardorbek Poyonov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadaning qurollanishi, Yevropaning ziyonga kirishi, Qatarda muzokaralar (+video)