Vatanimiz tarixidagi 20 aprel sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1406 yil (bundan 619 yil oldin) – tarixchi olim Fasih Ahmad Xavofiyning qayd etishicha, Darguzin mavzesi atroflarida o‘ttiz yoshli temuriy shahzoda Pirmuhammad o‘zining yigirma to‘rt yoshli amakivachchasi Abu Bakr qo‘shini bilan to‘qnashdi. O‘rtada qattiq jang bo‘ldi. Natijada ikkala tarafdan to‘rt mingga yaqin otliq va piyoda askar halok bo‘ldi. Jangda amirzoda Abu Bakr g‘alaba qozondi.  

1410 yil (bundan 615 yil oldin) – Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzesida Shayx Nuriddin boshchiligidagi isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalif tomonga chekindi. Ulug‘bekning otasi Shohrux Mirzo Samarqandga yetib kelib, Shayx Nuriddin isyonini bostirdi.

1812 yil (bundan 217 yil oldin) – hind amaldori Mir Izzatulloning Turon bo‘ylab sayohati boshlandi. Mazkur sayohat 1813 yil 16 dekabrgacha – bir yildan ko‘proq davom etdi. U Qo‘qon, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, o‘z sayohatnomasini ham yozib qoldirgan. Bu sayohatnoma o‘lkaga oid qimmatli tarixiy-geografik va tarixiy-etnografik ma’lumotlar beradi. Aynan Mir Izzatulloning sayohatidan so‘ng XIX asrda Ost-Indiya kompaniyasining zobit va xizmatchilari o‘lkani o‘rganish maqsadida ko‘plab sayohatlar uyushtirganlar.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Mir Izzatulloning tarjimai holi haqidagi ma’lumotlar juda kam. U Hindistonning musulmon aholisi yashaydigan hududlaridan bo‘lib, inglizlar xizmatiga kirgan. Sayohatnomasi an’anaviy Sharq adabiyoti yo‘lida, fors tilida yozilgan. Asar qo‘lyozmasi 1826 yilda Parijda fransuz xaritashunosi G.Klaprot tomonidan nashr qilingan.  

1904 yil (bundan 121 yil oldin) – O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov tavallud topdi (vafoti 1963 yil). U – baland, shirador va o‘ta ta’sirli ovoz sohibi. Ma’murjon Uzoqov Farg‘ona xonandalik maktabi an’analarini davom ettirdi va o‘zbek musiqa madaniyati tarixida chuqur iz qoldirdi. U, vafotidan so‘ng, 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.  

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – shoira, folklorshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muzayyana Alaviya tavallud topdi (vafoti 1988 yil). U xalq ijodkorlaridan ko‘plab folklor asarlarini yozib olgan va nashrga tayyorlagan. O‘zbek xalq qo‘shiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan.  

1914 yil (bundan 111 yil oldin) – o‘zining Qo‘qon safari haqida Qozon universiteti qoshidagi arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga yo‘llagan hisobot ma’ruzasida sharqshunos-turkshunos olim Ahmad 3aki Validiy namanganlik Muhammadhoji Lolaresh ismli kishining shaxsiy kutubxonasida Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asarining arab yozuvi bilan ko‘chirilgan nusxasi mavjudligi haqida xabar berdi. Arab yozuvidagi bu qo‘lyozma mazkur asarning hozirga qadar ilm ahliga ma’lum bo‘lgan Hirot (Vena) va Qohira nusxalaridan keyingi uchinchi nusxasi edi.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Ahmad Zaki Validiy 1913 yili Qozon universitetining professori N.O.Katanov topshirig‘i bilan Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijonda bo‘lib bir qancha nodir qo‘lyozmalarni sotib oladi va Namangan shahriga borib Muhammadhoji Lolareshda “Qutadg‘u bilig”ning yana bir nusxasi borligini aniqlaydi. Ammo bu qo‘lyozmani olishning iloji bo‘lmaydi. Faqatgina 1924 yilda Abdurauf Fitrat mazkur nusxani olishga muyassar bo‘ladi va Toshkentdagi Asosiy kutubxonaga olib keladi.  

1982 yil (bundan 43 yil oldin) – Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlari asosida Navoiy viloyati tashkil etildi. U 1988 yilda ma’muriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Navoiy viloyatida kadimgi davr va o‘rta asrlarda qurilgan o‘ndan ziyod me’moriy yodgorliklar bor. Viloyatda o‘ttizga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlog‘idagi neolit davriga oid shaxta, Nurota tumani hududidagi Qoratog‘da miloddan avvalgi uchinchi asrga oid qoyatosh yozuvlar va boshqalar shular jumlasidan.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Amerika Xalqaro tadqiqotlar va ilmiy almashuvlar kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi AYREKS (IREX – International Research&Exchanges Board) ochildi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu tabiiy ofat ayniqsa, Qamashi tumani fuqarlari uchun og‘ir va murakkab tarzda o‘tdi. Zilziladan zarar ko‘rgan joylarni tiklash uchun tumanga 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.  

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – Toshkent shahrida Koreys madaniyati va san’ati uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.  

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi nobank kredit tashkilotlari faoliyati va mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali ta’lim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qutadg‘u bilig”ning yurtimizda saqlanayotgan nusxasi qayerda topilgan?