18 aprel mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan poytaxtimizda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublikada ko‘p qavatli uylar soni jami 43 mingtani tashkil etayotgan bo‘lsa, shularning 92 foiziga bugungi kunda boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.  

So‘nggi yillarda mamlakatimizda markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasini oshirish va shu tariqa aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, so‘nggi 8 yilda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga byudjet va xalqaro moliya institutlarining jami 27,5 trillion so‘m yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 3 ming 627 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish va 40,6 ming km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.  

Natijada respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 63,0 foizdan 80,9 foizga yetkazildi.  

Ushbu davr mobaynida 789 ta mahalladagi 4,9 million nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 11,5 million nafar aholining esa ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi barchamizni xursand qiladi.  

Joriy yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Natijada 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog‘iga ulanadi, 157 ming iste’molchiga zamonaviy hisoblagich o‘rnatiladi.  

Natijada aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 82,8 foizga yetkaziladi.  

Ta’kidlash lozimki, issiqlik ta’minoti sohasida ham keyingi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, so‘nggi 6 yil ichida tizimni yaxshilash bo‘yicha 100 ga yaqin loyiha amalga oshirilib, 80 dan ortiq markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda 320 km uzunlikdagi issiqlik quvurlari modernizatsiya qilinib,  3 000 ga yaqin ko‘p qavatli uy va 261 ta ijtimoiy soha ob’ektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.  

Ma’lumki, mamlakatimizda ilk bor Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, do‘stona munosabatlarni kuchaytirish va eng salohiyatli kompaniya tajribasini keng targ‘ib qilish maqsadida “Eng yaxshi boshqaruv organi” Respublika tanlovi o‘tkazilgan edi.  

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/cdICv8zWTWg" title="“Eng yaxshi boshqaruv organi” Respublika tanlovi gʻoliblari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tadbirda tanlovda g‘olib bo‘lgan kompaniyalar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar va bosh sovrin – “Labo” avtomobili bilan taqdirlandi. Bu esa boshqaruv sohasida ishlayotgan boshqa kompaniyalar uchun ham qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.     

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng yaxshi boshqaruv organi” Respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi (+video)