Bugun, 31 mart kuni Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan World Boxing tashkiloti shafeligidagi Jahon kubogi bahslari start oladi.

Nufuzli musobaqada 20 ga yaqin davlatdan jahon chempionlari, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari va tajribali charm qo‘lqop ustalari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov boshchiligida 10 nafar bokschi bilan yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Kecha Jahon kubogi oldidan texnik komissiya yig‘ilishi va qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Bugun saralash bosqichining ilk kunida uch nafar bokschimiz ringga chiqadi:

-55 kg: 2019-yilgi jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Mirazizbek Mirzaxalilov shvetsiyalik Nebil Ibrahimga qarshi jang qiladi.

-70 kg: Iqboljon Xoldarov polshalik Damian Durkach bilan bahs olib boradi.

-80 kg: Javohir Ummataliyev italiyalik Alfred Kommey bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogi musobaqalari O‘zbekiston vaqti bilan 31 martdan 1 aprelga o‘tar kechasi boshlanadi va 5 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun uch nafar bokschimiz Jahon kubogidagi ilk janglarini o‘tkazadi