Bugun yer yuzining turli burchaklaridan kelgan jurnalist, ekspert va tadqiqotchilar "Jahon jurnalistlari konferensiyasi-2025" ochilish marosimida yig‘ildi.

Tadbirning dastlabki bosqichida jurnalistikada sun’iy intellekt (SI)ning roli, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinmoqda.

Konferensiya ochilishida so‘zga chiqqan Koreya jurnalistlar uyushmasi rahbari Park Jong Xyun yangi texnologiyalarning rivojlanishi va media makonidagi ahamiyatini ta’kidladi. Sun’iy intellekt axborot tarqatish jarayoniga yangi innovatsiyalar olib kirayotgani va bu jarayon soha kelajagi uchun muhimligini qayd etdi.

Konferensiya davomida SI yordamida ma’lumotni tez tahlil qilish, xabar yoki yangilikni oson tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq faoliyatni samaraliroq tashkil etish mumkinligi haqida fikr almashildi. Shu bilan birga xavfsizlik masalasi, axborotning ishonchliligi va etik tamoyilini saqlab qolish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Yana bir muhim mavzu – iqlim o‘zgarishi. Jurnalistlar mazkur jarayonni yoritishda yanada faol bo‘lish kerakligi, atrof-muhit muammosi bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Xususan, ayni mavzuga oid axborotni tayyorlashga yangicha yondashuv, grafika vositalari yordamida auditoriyani jalb etish usullari ko‘rib chiqildi. Ijtimoiy media platformalari orqali odamlarni ma’lum bir harakatga undash uchun kreativ kontent yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Janubiy Koreya, Seul shahri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seulda dunyo jurnalistlari to‘plandi