Bugun Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning barcha sohalardagi o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlari sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy o‘ziga xoslik tuyg‘usi tobora mustahkamlanib borishi o‘laroq, Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi transport-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya hajmi bir necha barobar ko‘paydi, chegara oldi savdo hududlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmalari barpo etilmoqda.

Ma’lumki, bugun Tojikistonda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari tarixda ilk bor uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bo‘lajak Xo‘jand anjumani mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilyapti. Yetakchilar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.

O‘zA muxbiri mazkur muhim voqea oldidan uch davlat ekspertlari fikrlarini yozib oldi.

Igor Shestakov, Qirg‘iz Respublikasidagi “Oy Ordo” ekspertlar tashabbuslari markazi rahbari:

Bo‘lajak qo‘shma uchrashuv o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash jarayonida muhim o‘rin egallab, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aylanma darajasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

Ta’kidlash kerak, 2016 yil Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kelishi bilan mintaqaviy integratsiya jarayoni tom ma’noda faollashdi. Masalan, Markaziy Osiyo doirasida tashkil qilingan maslahat uchrashuvlari formati, asosan, mintaqamizning jahon miqyosidagi ahamiyatini oshirishga intilayotgan O‘zbekiston rahbari sa’y-harakati samarasi, deb bemalol aytish mumkin.

Mamlakat tashqi siyosatda ochiqlik prinsipiga o‘tdi. Masalan, ilgari So‘x anklavi hududidagi chegarani bosib o‘tish bir necha soatdan ko‘proq vaqtni olardi. Endi esa buning uchun bir necha daqiqa kifoya. Chegarani kesib o‘tish amaliyoti soddalashtirildi, fuqarolarimiz hududlar aro erkin harakatlanish, bordi-keldi qilish imkoniga ega bo‘ldi. Avtobus qatnovi tiklandi. Oddiy odamlarning o‘zaro tashriflari keskin ko‘paydi.

Hech bir mubolag‘asi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi kesishuvi nuqtalari nafaqat Markaziy Osiyo, balki MDH hududi uchun ham savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan chegara tartib-qoidasini soddalashtirishning o‘ziga xos, ta’bir joiz bo‘lsa, namunaviy modelidir. Va bu borada Toshkent izchil pragmatik siyosatni davom ettirayotgani quvonarli.

Avvallari, ayniqsa 2000-yillar boshida ko‘plab xorijiy ekspertlar mintaqa mamlakatlari hamkorligi chegaralar yopiqligi sabab juda past darajada ekanini ta’kidlab kelgan. Bugungi kunda esadeyarli, barcha chegaralarimiz ochiq, bemalol o‘tib-qaytish mumkin.

Albatta, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolashida ham O‘zbekiston omilini ta’kidlash lozim. Shavkat Mirziyoyev Bishkek va Dushanbe chegara masalasini hal этish uchun maksimal darajada muloqot qilishi jarayonida faollik ko‘rsatgan. Xo‘jand uchrashuvi ikki davlat Prezidentlari chegara shartnomasini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni kelishib, imzolagandan so‘ng uyushtirilishi ham chuqur ramziy ma’noga ega.

Menimcha, bu galgi muloqot keyingi muzokaralar, yanada muvaffaqiyatli maslahat uchrashuvlariga yo‘l ochishi shubhasiz.

Ma’rufjon Oqilov, Tojikistonning “Dushanbe TV” telekanali direktori:

– Bugungi globallashuv zamonida, geosiyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Markaziy Osiyo, aytish mumkinki, davlatlarning xalqaro umume’tirof etiladigan chegaralari va hududiy yaxlitligi masalasini siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilish bo‘yicha o‘ziga xos “master-klass” o‘tib berdi. Bu holat dunyo hamjamiyatining mintaqaga nisbatan ijobiy qarashini rivojlantiradi.

Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi chuqur tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarga ega. Bugungi sammit ham suv resurslarini taqsimlash, savdo-iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik kabi transchegaraviy muammolarni hal etishda muhim minbar vazifasini o‘tashi shubhasiz. Anjuman mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Yodimizda: mintaqamiz ko‘p yillar davomida chegaraviy va boshqa og‘ir iqtisodiy holatlarni aks ettirgan qator muammolar girdobida edi. Bu masalalarni hal qilish yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatlar davlatlarimiz uchun beqiyos foyda keltirmoqda.

Qo‘shma uchrashuvda integratsiyani kuchaytiruvchi, savdoni osonlashtiradigan infratuzilma loyihalari istiqboli ham muhokama qilinishi, energetika, logistika sohalaridagi hamkorlikka ustuvorlik berilishi kutilyapti. Zero, ayni mavzular Markaziy Osiyo uchun hamon dolzarb.

Barqaror Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash global xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan mazkur tarixiy hodisa nafaqat mintaqada, balki xalqaro maydonda ham diqqat bilan kuzatib boriladi.

Anvar Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori:

– Geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz kommunikatsiyalaridan foydalanish imkoniyati birmuncha chegaralangan. Shu ma’noda mintaqaning yaqin kelajakdagi taraqqiyoti va istiqboli Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li bilan bog‘lanmoqda. Zero, keyinchalik mazkur yo‘l Transafg‘on yo‘lagiga ulanadi. Boshqa TransOsiyo avtomobil va havo aloqalarini rivojlantirish loyihalari esa mintaqani G‘arb, Sharq  va Janub o‘rtasida haqiqiy transport ko‘prigiga aylantiradi.

Mintaqa davlatlari o‘zlarining geosiyosiy ahamiyatini anglashi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil sifatida baholanib, barqaror va xavfsiz hudud yaratish, mavjud chegaralar doirasida davlatlarning hududiy yaxlitligini saqlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishni taqozo etadi.

Shuningdek, mintaqamiz Osiyo va Yevropa madaniyatlari, qadriyatlari va  diniy e’tiqodlarini bog‘lovchi vazifasini o‘taydi. Muhimi, kuchli tabiiy, iqtisodiy va mehnat salohiyatiga ega Markaziy Osiyo jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashayotgan hudud hisoblanadi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo jahonning yirik va qudratli davlatlarini qiziqtirayotgani hech kimga sir emas. Sababi, mislsiz hajmda neft va gaz, qimmatbaxo metall zaxirasiga ega bu hudud Yevropani Osiyo bilan bog‘laydigan  rishta sifatida ham muhim strategik mavqega ega. Endilikda Rossiya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Eron, shuningdek Yevropa Ittifoqi va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘z manfaatini ko‘zlab, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikda amalga oshirilaligan maxsus xujjat, strategiya va konsepsiyalar qabul qilgan.

Markaziy Osiyo yuragida joylashgan, eng yirik inson salohiyatiga ega hamda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh yagona davlat – O‘zbekiston. Shu jihatdan respublikamiz mintaqaning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi uchun asosiy mezon sifatida baholanyapti. Shu bois hukumatimiz barcha qo‘shnilarimiz bilan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi etib belgilagan.

Xususan, O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlaridagi ko‘p yil davomida yechim topmagan, murakkab va nozik hisoblangan chegara, suv-energetika sohasidagi masalalar hal qilindi. Eng muhimi, bunday ijobiy o‘zgarishlar oddiy fuqarolar hayotida sezila boshladi. Hozir ikki davlat fuqarolari qarindoshlari, do‘stlarinikiga to‘siqsiz, erkin borib keladi. Yaqin tarixda haftalab, oylab huvillab yotgan O‘zbekiston – Tojikiston chegaralaridan endi har kuni o‘rtacha 20 000 ga yaqin odam o‘tyapti.

2016 yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari turli tadbirlar doirasida 20 martaga yaqin uchrashdi. Prezident Emomali Rahmonning mamlakatimizga 2022 yil iyundagi rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash qariyb 40 barobar oshgan.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatida ham so‘nggi o‘n yil davomida ilk bor chegara masalasida ijobiy natijaga erishildi. Prezident Sadir Japarov mamlakat yetakchisi sifatida ish boshlagach, uchinchi davlat tashrifini O‘zbekistonga amalga oshirdi. O‘shanda ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi. 2023 yil 26-27 yanvar kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ldi. Shu yil 8-9 noyabrda Qirg‘iz Respublikasi yetakchisi yana O‘zbekistonga keldi. Tomonlar oxirgi ikki yil o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasi delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani xalqaro miqyosda ham tarixiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Umuman, diyorimiz xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkor davlatlar va qo‘shni qardosh o‘lkalar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni tobora rivojlantirmoqda. Xo‘jandda bo‘lib o‘tadigan tarixiy uchrashuv, muzokaralar ham mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida tashlanajak muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.

O‘tkir ALIMOV tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari qo‘shma uchrashuvi uch davlat ekspertlari nigohida