Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Xo‘jand shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va  madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tadbir yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarlari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ham ishtirok etadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iVrXYjV58mk" title="Doʻstlik aloqalari mustahkamlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, O‘zA

Xo‘jand.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik aloqalari mustahkamlanmoqda