Munosabat

So‘nggi kunlarda jahon hamjamiyati va yurtdoshlarimizning diqqat-e’tibori Fransiya markaziga qaratildi desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, 11-13 mart kunlari Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lmish Fransiyada davlat tashrifi bilan bo‘ldilar.

Mazkur tarixiy davlat tashrifi davomida Prezidentimiz Fransiyaning eng oliy mukofoti — Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangani biz, “Adolat”chilarni ham barcha yurtdoshlarimiz qatori juda xursand qildi. Chunki Fransiyaning bu yuksak mukofoti jahonning eng mashhur va taraqqiy topgan davlatlari rahbarlarining kamdan-kamiga nasib etgan.    

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Fransiya Markaziy Osiyoning tez sur’atlarda taraqqiy topayotgan davlatlaridan biri — O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori darajada baholamoqda. Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarini fransiyaliklar va butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. To‘g‘ri, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar uzoq tarixga ega. Tarixdan yaxshi bilamiz, Fransiya qiroli Karl VI va Amir Temur davrida o‘zaro savdo-sotiq va do‘stona munosabatlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Fransiyaliklar hatto Sohibqiron bobomizni “Yevropa xaloskori”, deb ham atashadi. Hali hamon Amir Temur bobomizga yuksak hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi.

Tarix takrorlanadi, deyishgani bejiz emas ekan. Oradan asrlar o‘tib, O‘zbekiston yetakchisiga bo‘lgan munosabat, hurmat qaytadan tiklandi. Ya’ni, adolatparvar Amir Temur bobomiz davridagi munosabatlar, hurmat-e’tibor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida yangidan qad rostlab, yanada yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning Fransiyaga davlat tashrifi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi. Dunyo mamlakatlari o‘rtasida ziddiyatlar, to‘qnashuvlar kuchayib borayotgan bir paytda O‘zbekiston davlatiga, uning Prezidentiga bo‘lgan e’tibor va hurmat darajasi qanchalik yuqori bo‘layotgani, ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinganining o‘zi ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori darajada baholanganidan dalolat berib turibdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Prezidentimizning YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan o‘tkazgan muzokaralariga alohida e’tibor qaratdi. Bu muzokaralarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda tashkilot Bosh konferensiyasi bu yilgi 43-sessiyasi ilk marta Samarqand shahrida o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingani diqqat markazimizda bo‘ldi.

Biz Samarqandda o‘tkaziladigan sessiyada partiyamiz tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarimizga mos keladigan masalalar xalqaro darajada muhokama qilinishiga umid qilamiz. Xususan, ta’lim, tibbiyot, ilm-fanni rivojlantirishning dolzarb masalalarini keng miqyosda muhokama qilishga, dunyo mamlakatlarida uchrab turgan global muammolarning yechimini birgalikda izlab topishga erishamiz, deb o‘ylaymiz.  

Umuman olganda, bu galgi rasmiy tashrif yaqin va uzoq istiqbolda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, deb ayta olamiz va bu borada parlamentning roli hamda o‘rnini oshirishda o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishga intilamiz.  

Robaxon Mahmudova,

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz tashrifi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi