2024 yilda O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz savdo tizimida aloqa operatorlarining 4 830 ta mobil va qisqa raqami sotildi. Sotib olingan raqamlarning 95 foizi jismoniy, 5 foizi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Savdolarda eng qimmat raqam 1 milliard 70 million so‘mga sotilib, bu elektron tizim faoliyati boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

2025 yil boshidan buyon 1 152 ta mobil va qisqa raqam sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘p. Shu davrda eng qimmat raqam 140,0 mln so‘mga baholandi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yil birjada mobil raqam 1 milliard 70 million so‘mga sotildi