Toshkentda “Ayollik fasli” Hindiston kino festivali bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida mazkur festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab, Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi, ushbu mamlakatning Axborot va radioeshittirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda o‘zbek va hind kino san’ati vakillari, ixlosmandlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim va Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotgani va bu kino san’ati rivojida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Bu festival o‘zbek va hind kinoijodkorlari uchun hamkorlikda qo‘shma filmlar suratga olish imkoniyatini yaratadi.

Ta’kidlanganidek, festival 14-16 mart kunlari Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida "Ayol zehni", "Sadoqatli yor", "Ona" kabi ayollar hayotiga bag‘ishlangan mashhur filmlar namoyish etiladi. Ushbu festival tomoshabinlarga jamiyat qarashlarini shakllantirishda ayollarning ilhomlantiruvchi rolini ko‘rsatib beradigan ajoyib film tajribasini taqdim etadi.

Hind kino san’ati vakillari Abxishek Bachchan, Gauri Shinde, Sayami Kxer va R.Balkining  chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ularning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik hamkorlikda filmlar yaratishga keng yo‘l ochadi. Ular o‘z so‘zlarida bu imkoniyatdan unumli foydalanish istagini bildirdi.

–Hindiston elchixonasiga ushbu tadbirni tashkil qilgani uchun katta rahmat aytaman. Men bu yerga 40 yil oldin, Toshkent xalqaro kinofestivaliga otam, janob Amitabx Bachchan va onam bilan birga kelganman. O‘shanda 9 yoshda edim. Bugun bu festivalga yana qaytish men uchun katta xursandchilik. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar mustahkam. Umid qilamanki, bu hamkorlik yanada kengayib boradi. Bugungi kunda jahon kinosi tobora keng e’tirof topayotgani o‘zbek kino sanoati uchun ham xalqaro sahnaga chiqish imkonini yaratadi. Biz bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga va qo‘limizdan kelgan yordamni berishga tayyormiz. Shuningdek, O‘zbekistonda filmlar suratga olish va o‘zbek kinolarini Hindiston tomoshabinlariga namoyish etish orzuim. Ayollarga hurmat – men uchun juda muhim masala. Bu filmlar ayollar bayrami munosabati bilan namoyish etilmoqda, ammo men ayollarni faqat bayramlarda emas, har kuni e’zozlash kerak, deb hisoblayman. Ular hayotimizda beqiyos o‘rin tutadi. Ularni qadrlash – barchamizning burchimiz. Otam menga doim xabar yozib turibdi va bu yerda nima bo‘layotganini daqiqama-daqiqa bilib turishni istayapti. Sizlarga eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman! Menga, oilamga va yurtimga ko‘rsatgan mehr-muhabbatingiz hamda hurmatingiz uchun cheksiz minnatdorlik bildiraman, –dedi Abxishek Bachchan.

Tadbirda 2012 yilda yaratilgan "Ayol zehni" - “English Vinglish” filmi rejissyori Gauri Shinde Toshkentda o‘tkazilayotgan Hindiston kino festivalida ishtirok etayotganidan xursand ekanini ta’kidladi.

–Kinofestivalning tashkil etilgani juda quvonarli voqea. Ayniqsa, u ayollarga bag‘ishlangan bo‘lsa, yanada yaxshi. Ko‘p joylarda bunday maxsus festivallar o‘tkazilmaydi. Shu sababli, bu tashabbus katta ahamiyatga ega. Ayollar bosh rolda bo‘lgan filmlarning qadri ortmoqda va men bundan g‘ururlanaman. “English Vinglish” filmi – ayolning o‘zini anglashi, qadrini qayta kashf etishi haqida. Ayolning o‘zini hurmat qilishi eng muhim narsa. Shuning uchun bu film butun dunyoda aks-sado berdi. Film orqali esa asosiy maqsadim – ayollarning rolini faqat uy yoki oshxona bilan cheklab bo‘lmasligini ko‘rsatish edi. Yurtingizda o‘tkazilayotgan ushbu festivalda bu film "Ayol zehni" nomi bilan o‘zbek tomoshabinlariga namoyish etiladi, –dedi Gauri Shinde.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FoAH5N0l73I" title="Abxishek Bachchan:&quot;Menga,oilamga va ko`rsatgan mehringiz uchun cheksiz minnatdorlikbildiraman&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abxishek Bachchan: "Menga, oilamga va yurtimga ko‘rsatgan mehringiz uchun cheksiz minnatdorlik bildiraman" (+video)