Oliy Majlis Senatida Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, tashrif parlamentlararo munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishdagi muhim qadam ekanini ta’kidladi. Ikki davlat o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish uchun qonuniy asoslarni yaratish parlamentlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Ushbu uchrashuv xalqlarimiz manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lidagi faol muloqotlar uchun qulay fursatdir.

Bugungi kunda O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari yangi bosqich – ko‘pqirrali strategik ittifoqchilik va ishonchli hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Bunda, ikki mamlakat Prezidentlari belgilab bergan istiqbolli vazifalar va ularning ijrosi muhim o‘rin egallaydi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘tgan yilda 15 foizga o‘sib, 12 milliard AQSH dollarini tashkil etgani aytib o‘tildi.

Muloqot chog‘ida migratsiya masalasida dolzarb vazifalar mavjudligi va bu jarayonda ikki davlat fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilishning qonuniy yechimlarini hamkorlikda topish muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston - Rossiya parlamentlari aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Bu borada Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi o‘rtasida qo‘shma komissiya faoliyat yuritib kelayotgani, ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari rahbarlari muntazam ravishda o‘tkazayotgan uchrashuvlari ishonchli hamkorlik muhitida o‘z samarasini berayotgani e’tirof etildi.

O‘z navbatida, martabali mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

– Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz, – dedi V.Volodin. – Mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan mustahkam do‘stlik va ishonchli sherikchilik siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Parlamentlarimizning izchil va samarali faoliyatidan manfaatdormiz hamda  hamkorligimizni yuqori sur’atlarda davom ettirish tarafdorimiz.

Suhbat davomida istiqbolda o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan nazorat, qonunchilik sohasida tajriba almashish va Yoshlar parlamenti aloqalarini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekiston tomoni Rossiya parlamenti rahbariyati va vakillarini yaqinda Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150 - yubiley assambleyasi tadbirlarida faol ishtirokini mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari ko‘pqirrali strategik ittifoqchilik va ishonchli hamkorlik darajasiga ko‘tarildi