Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Nottingem Trent universiteti va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida inklyuzivlik va tillarni o‘qitish bo‘yicha anjuman o‘tkazildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim dargohlarida chet tillaridan dars berish uchun xorijdan mutaxassislar jalb qilish, yoshlarning til o‘rganish borasidagi faolligini rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq olib borilayotgan ishlar alohida e’tiborga molikligi alohida ta’kidlandi.

Anjuman Britaniya Kengashining xorijiy tillarni o‘rganishni rivojlantirish va ta’lim sohasida inklyuziv amaliyotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbusining bir qismi bo‘ldi. Soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar uchun til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini inklyuziv nuqtai nazardan o‘rganish uchun dinamik platforma yaratdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, professional aloqalarni kengaytirish va samarali ta’lim strategiyalari bo‘yicha ochiq muloqotni rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Til o‘qitish metodikasini takomillashtirish, inklyuziv, rag‘batlantiruvchi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratadigan innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Dastur qiziqarli asosiy ma’ruzalar, fikrlashga undovchi taqdimotlar va interaktiv munozaralardan iborat bo‘ldi.

Asosiy mavzular qatoriga Markaziy Osiyoda yanada inklyuziv universitetlar barpo etish strategiyalari, akademik o‘quv dasturlari orqali inklyuziv ta’lim haqidagi xabardorlikni oshirish hamda mintaqa bo‘ylab ingliz tili o‘qitish va inklyuzivlik borasidagi hamkorlik sa’y-harakatlarini tahlil qilish kabi masalalar kirdi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7_mL0SLukOs" title="Inklyuzivlik va til oʻrgatish anjumani o’tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuzivlik va til o‘rgatish anjumani o‘tkazildi (+video)