15 mart – "Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”

Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda Qo‘mita tomonidan o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil davomida Qo‘mitaga 30 ming 70 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 42,9 foiz (13 ming murojaat) uy-joy kommunal va transport xizmatlariga, 33 foiz (10 ming murojaat) savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga, 20,9 foiz (6 200 dan ortiq murojaat) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlarga tegishli bo‘lgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlar natijasida iste’molchilarga 32,9 milliard so‘m miqdorida zarar qoplab berilgan.

Savdo sohasida 426 ta holatda 3,08 milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlar iste’molchilarga qaytarilgan yoki almashtirilgan.

Bundan tashqari, Qo‘mita iste’molchilarning nomanfiy doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida 10 ta yo‘nalishda 324 ta tizimli o‘rganish o‘tkazgan. Natijada 143,1 milliard so‘mlik ortiqcha to‘lovlar aniqlanib, 129,5 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Nazorat xaridlari natijasida 9,9 milliard so‘mlik sifatsiz mahsulotlar sotilishining oldi olingan. Ular qayta ishlashga yuborilgan va iste’molchilarga yetkazilgan zarar qoplangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4dWgVplnW1c" title="Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tadbir davomida "German Sparkassenstiftung for International Cooperation" ko‘magida tashkil etilgan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Shuningdek, “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari hamda eng yaxshi korxonalarga “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi topshirildi.

N.Rahmonova,

A.Sodiqov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi (+video)