E’tirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur tashrifning ahamiyati xususida O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi Mahmud Toir O‘zA muxbiriga quyidagilarni bayon qildi. 

– Bu tashrif, albatta, ezgulikka xizmat qiladi. Prezidentimizning har bir so‘zi, avvalo, do‘stlikka, birlikka va tinchlikka chorlov ekanini bugun dunyo xalqlari anglab yetdi. Mening nazarimda har bir insonga ko‘rsatilgan ehtirom, avvalo, o‘z so‘ziga egaligida, ahdiga vafo qilishida, bergan va’dalarini o‘z vaqtida bajarib qo‘yishida ko‘rinadi. 

Davlatimiz rahbari ilgari 2018 va 2022 yillarda ham bu davlatga tashrifi davomida ham qator kelishilgan shartnomalar, ko‘plab sohalarda tuzilgan bitimlar o‘tgan yillar davomida to‘liq ijobatini topdi. Prezidentimiz ish boshlagan dastlabki yillarda aytgan bir gapi meni qalbimda hamisha jaranglab turadi. “Biz ergashuvchi emas, ergashtiruvchi xalqmiz...”. 

Haqiqatda ham mana shu bobomeros qadriyatlarimizni, o‘zbek xalqining qadrini butun dunyoda tiklashga muvaffaq bo‘lyapti. Darhaqiqat, bu sa’y-harakatlar birinchi galda Markaziy Osiyoda e’tirof qilinmoqda. Bu galgi tashrifda Prezidentimiz Fransiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlagani bejizga emas. Buni biz Fransiya kompaniyalari bilan 2027 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan innovatsion va sanoat kooperatsiyasi dasturi bunga xizmat qilishida tushunamiz. Unga umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq yo‘nalish va loyihalar kiritildi. 

O‘z navbatida Fransiya Prezidentining juda katta iftixor bilan bugun butun matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Yashasin O‘zbekiston, yashasin Fransiya!” gaplari ona tilimizga ehtiromidir. Bu o‘zbek xalqining ko‘ksini tog‘dek ko‘targanidan dalolat. Prezidentimizning Fransiya Respublikasining oliy mukofoti – Faxriy legion ordeni bilan taqdirlanishida ham katta ma’no bor. Dunyoda o‘zining oqil siyosati bilan, samimiy va amaliy tashabbuslari bilan, umum-xalqlar birligi-do‘stligiga chaqiriqlari uchun bu mukofotni hozirgacha o‘n kishi olgani ko‘p bor aytilmoqda. O‘n birinchisi esa davlatimiz rahbari bo‘ldi. 

O‘z vaqtida Fransiya prezidenti Sharl de Goll, Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Uinston Cherchill, Singapurni jahonga tanitgan Li Kuan Yu, fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma, insoniyat tarixida birinchi marta koinotga parvoz qilgan Yuriy Gagarin kabilarga bu orden berilgan edi. 

Meni nazarimda bu mukofot birinchi galda har birimizga, millatimizning barcha farzandlariga katta mas’uliyat yuklaydi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlikka, birlikka va tinchlikka chorlov