So‘nggi yillarda ko‘plab xastaliklar yosharib bormoqda. Xususan, miokard infarktining yoshlar orasida ham tez-tez uchrayotgani xavotirli, albatta. Ilgari bu xastalik asosan 50-60 yoshdan oshgan kishilarda kuzatilgan bo‘lsa, endilikda 30-40 yoshlilar, hatto 20 yoshdan oshgan yigit-qizlarda ham uchrayapti.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov buning asosiy sabablari, keltirib chiqaruvchi omillar, amal qilish kerak bo‘lgan qoidalar haqida gapirib berdi:

– Miokard infarkti yurak mushagining ma’lum bir qismiga qon yetib bormagani sababli o‘sha to‘qimaning nobud bo‘lishidir. Bunga odatda qon tomirlarda to‘siq paydo bo‘lishi, xolesterin yig‘ilishi yoki tromb shakllanishi sabab bo‘ladi. Bu holat yurak yetkazib beradigan qon oqimini keskin kamaytiradi va xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.

Yoshlarda infarktning asosiy sabablari haqida gapiradigan bo‘lsak, avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish va semizlik ham sabab bo‘lmoqda. Afsuski, bugun aksariyat yoshlar fast-fud, yog‘li va qovurilgan taomlar, gazli ichimliklar va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Bu esa ortiqcha vaznga, qon bosimi oshishiga va qon tomirlarda ateroskleroz paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Harakatsizlik (gipodinamiya) ham bu kasallikni chaqirmoqda. Tan olish kerak, kompyuter, smartfon va boshqa gadjetlar yoshlarni biroz dangasa qilib qo‘ydi. Sport bilan shug‘ullanmaslik, uzoq vaqt bir joyda o‘tirib ishlash yoki o‘qish qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yana bir faktor sifatida yoshlar orasida bugun doimiy stress bilan muammolar ham yo‘q emas. Doimiy zo‘riqish, asabiylik organizmda adrenalin va kortizol miqdorini oshiradi, bu esa yurakni zo‘riqtirib, infarkt xavfini kuchaytiradi.

Tamaki va alkogol iste’moli ham yoshlarda bu kasallikning erta uyg‘onishiga olib kelayotgan omillardan biridir. Negaki, sigaret tarkibidagi nikotin va boshqa zararli moddalar qon tomirlarini toraytiradi. Tabiiyki, bu yurakka qon yetib borishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, spirtli ichimliklar ham qon bosimi oshishiga va yurak ritmining buzilishiga sabab bo‘ladi.

Bu kasallikning oldini olish uchun jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish talab etiladi.

Yurak arteriyalari torayganda yoki to‘silib qolganda, yurakka yetarlicha qon va kislorod yetib bormaydi. Bu esa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.  

Bunday holatlarda stent qo‘yish (koronar stentlash) samarali va tezkor davolash usuli hisoblanadi. Bu usulning afzalligi shundaki, an’anaviy jarrohlikka nisbatan kam invaziv ya’ni kam kesmali amaliyotdir. Shu bois bemorning tiklanish jarayoni ancha yengil kechadi.

Bizning kardiologiya markazimizda ham bunday amaliyot malakali shifokorlar va yuqori tibbiy texnologiyalar asosida bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Bir narsani yodda tutish foydadan holi bo‘lmaydi. Mazkur amaliyot yurak xurujlarining oldini olish, yurak-qon tomir salomatligini yaxshilash va umrni uzaytirish uchun muhim hisoblanadi. Agar yurak bilan bog‘liq muammolarga duch kelinsa, markaz mutaxassislariga murojaat qilib, zarur maslahat va tavsiyalarni olish mumkin. Bizda har bir bemorga aniq tashxis qo‘yishga va shu asosda samarali davo choralarini ko‘rishga professional yondashiladi.

Markazimizda stentlashdan keyingi reabilitatsiya jarayoniga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu jarayon tibbiy kuzatuv, dori-darmonlar qabul qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va psixologik qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Bemor uyiga ketgunga qadar doimiy kardiolog nazoratida bo‘ladi. Qon bosimi, yurak ritmi va umumiy holat kuzatib boriladi. Qon ivishining oldini olish va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash uchun zarur dorilar tavsiya etiladi.

Yurak uchun foydali parhezga rioya qilish nazoratga olinadi. Bunday holatda bemorga kam tuzli, yog‘siz va vitaminlarga boy mahsulotlar (meva-sabzavotlar, baliq, parhez go‘shti) iste’mol qilish foydali ekani tibbiy nuqtai nazardan tushuntiriladi. Shifokor tavsiyasi va nazorati ostida bosqichma-bosqich yurish, yengil gimnastika va nafas mashqlariga kirishiladi.

Umuman olganda, Markazimizdagi professional mutaxassislar tomonidan olib boriladigan reabilitatsiya jarayoni bemorning yanada yaxshi ahvolga qaytishi va kasallik xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Shifokor sifatida shuni aytib o‘tishim kerakki, bu xastalik ayni paytda yosh tanlamayapti. Shuning uchun yoshmi, qarimi yurakda qandaydir muammo paydo bo‘lishi bilan pala-partish va o‘zboshimchalik bilan davo choralarini qo‘llamasdan tezroq mutaxassisga murojaat qilishi kerak. Chunki, kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olgan afzal. Qolaversa, yurak hazillashadigan organ emas.

Mohigul Qosimova yozib oldi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nima sababdan yoshlar orasida miokard infarkti ko‘payib bormoqda?