Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.

Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 million dollar bo‘lgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi  muhokama qilindi.  

Xitoylik hamkorlar bilan Farg‘ona traktor ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida  bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va  mustaqil o‘zini elektr bilan ta’minlaydi.

Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyin butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi.  

Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi.  

Dastlabki bosqich uchun 30 million dollar yo‘naltirilib, 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda viloyat hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi va mutasaddilarga hamkorlik bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi