Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI)da muassasa rahbari Javlon Vahobov va Bahrayn Strategik, xalqaro va energetika tadqiqotlari markazi – “Derasat” ijrochi direktori Hamad Ibrohim Al-Abdulla o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida o‘zaro hamkorlik istiqboli muhokama qilindi, birgalikdagi sa’y-harakatlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Hamad Al-Abdulla “Derasat” faoliyati doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar, jumladan xalqaro taraqqiyot, oziq-ovqat xavfsizligi masalalari, tahlil markazlarining inqirozlarni bartaraf etishdagi o‘rni, tadqiqot va qarorlar qabul qilishda ayollarning ishtiroki bo‘yicha muntazam o‘tkazilayotgan forumlar haqida batafsil so‘zlab berdi.

Shuningdek, “Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti formatida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

J.Vahobov 2025 yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit mintaqalarimiz hamkorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mintaqalar o‘rtasida ilmiy muloqotni kuchaytirish global o‘zgarishlarga samarali javob berishning zarur sharti ekani ma’qullandi.

Yakunda “Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz davlatlari hamkorlik kengashi” doirasida O‘zbekiston – Bahrayn hamkorligini ekspertlar darajasida qo‘llab-quvvatlash maqsadida muloqotni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

Bahraynning yetakchi tahlil markazlaridan biri sifatida “Derasat” strategik, xalqaro va energetika masalalari bo‘yicha tadqiqot olib boradi, ekspertlar hamjamiyati, siyosatchilar va biznes vakillari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

2009 yil tashkil etilgan tuzilma xalqaro institutlar bilan faol hamkorlik o‘rnatib, global va mintaqaviy taraqqiyot bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan qaror qabul qilishga ko‘maklashish maqsadida konferensiya, simpozium va davra suhbatlari tashkil etadi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahrayn tahlil markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi