
Boks bo‘yicha mamlakat terma jamoasining bosh murabbiyi, Jizzax viloyatida tug‘ilgan mashhur boks mutaxassisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan murabbiy To‘lqin Qilichev hamda bir qator Olimpiada hamda jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari Zafarobod tumanidagi “Cho‘liguliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
To‘lqin Qilichev nafaqat yurtimizda, balki jahonda ham e’tirof etilgan murabbiylardan biri sanaladi. U o‘zining faoliyati davomida ko‘plab mahoratli bokschilarni tarbiyalagan.

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida “Cho‘liguliston” MFYni obodonlashtirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tadbirda To‘lqin Qilichev va mashhur bokschilar mahalliy yoshlar bilan uchrashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu uchrashuv mahallada sportning rivojlanishida, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahalliy aholi va yoshlar ushbu uchrashuvdan katta taassurot oldi.
A.Qayumov, O‘zA