FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Nurli kelajak” ovul fuqarolar yig‘inida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.  

Qurilish ishlari “Nukus Erkin Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan olib borilyapti. Jarayonga 60 nafarga yaqin ishchi va zarur texnikalar jalb etilgan. Ayni paytda qurilish ob’ektida g‘isht terish, temir beton quyish, 1-qavatni beton plita bilan bostirish ishlari bajarilmoqda.

[gallery-22246]

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi joriy yil sentyabr oyida, mustaqillik bayrami arafasida topshirilishi rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis ovulda zamonaviy bog‘cha bunyod etilmoqda