Mamlakatimizda iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirish, aholining turmush darajasini yuksaltirishda tadbirkorlikning o‘rni beqiyos. Shu bois tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish e’tiborda.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish borasida muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

Misol uchun, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sirdaryo tuman “M.T.B.” DMdan undiruvchi “Go‘sht-sut savdo invest” MCHJ foydasiga 2 mlrd. 66 mln. so‘m qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.  

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik qoplanmagani sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.  

Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor tashkilotdan undiruvchi tadbirkor foydasiga 1 mlrd. 541 mln. so‘m qarzdorlik undirilib, tadbirkorning bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.  

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor foydasiga 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi