
Transport nazorati inspeksiyasi mas’ullarining ma’lum qilishicha, temir yo‘l transporti va metropolitenda o‘tkazilgan 279 ta nazorati tadbirlari natijasida 18 452 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 578 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, 53 ta lokomotiv, 89 ta vagon hamda 93,8 km temir yo‘llar ta’mirlangan. 11 ta qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasi qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasi toifasiga o‘tkazilgan.
Shu va boshqa texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun temir yul korxonalari tomonidan 118,3 mlrd so‘m mablag‘ sarflagan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PQHsj0yd7i4?si=1zkVQwCD9fKf0xXa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, I.Ismatov, O‘zA