Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining “Ammon News” nashri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifini keng yoritdi.

– O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar, – deyiladi shu mavzudagi maqolada.

Shuningdek, muallif davlat rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali aloqalarni yanada mustahkamlash masalasi yuzma-yuz va delegatsiyalar ishtirokida atroflicha muhokama qilingani, turli darajadagi o‘zaro faol muloqot davom etayotgani, o‘tgan yil tovar aylanmasi ilk bor 1 milliard yevrodan oshgani, qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paygani ta’kidlangan.

Parij, Tuluza, Lion va Nitssa shaharlarida hududlarning faol ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazilayotgani, qo‘shma tibbiyot forumi hamda fan va ta’lim bo‘yicha konferensiya, O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilganiga e’tibor qaratgan. Grets-Armenvil shahrida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy byusti ochilgani, shuningdek savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani qayd etilgan.

Bu galgi sammitga yangi Innovatsiya va sanoat sherikligi dasturi tayyorlangani, muhim mineral xom ashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlash, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 6,5 milliard yevrolik umumiy tashabbuslarni ilgari surish ko‘zda tutilgani, qo‘shma loyihalar portfeli jami 12 milliard yevroni tashkil etayotganiga urg‘u berilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Fransiya munosabatlari jadal rivojlanmoqda