2025 yil – "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili"

Iqlimning keskin o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi, yer va suv resurslari degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning qisqarishi kabi transchegaraviy ekologik muammolar ushbu sohaga yanada jiddiyroq e’tibor qaratishni talab etmoqda.

– Mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga keng joriy qilishga e’tibor kuchaydi, – dedi Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025 – yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili deb e’lon qilinganidan keyin ekologiya masalalari bo‘yicha keng qamrovli ishlar yangi bosqichga chiqdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid muhim qarorlar qabul qilinishida fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektorning ishtiroki, xabardorligi, ma’lumotlardan erkin foydalanishini ta’minlash kabi masalalar dolzarblashadi.

Shu maqsadda 2025 yil 11 martda “Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi konvensiyaga (Orxus, 1998 yil 25 iyun) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun qabul qilindi.

Aytib o‘tish kerakki, mazkur konvensiya 1998 yil 25 iyunda 38 mamlakat tomonidan Orxus shahrida (Daniya) Yevropa Iqtisodiy komissiyasiga a’zo mamlakatlar atrof-muhit vazirlarining 4-konferensiyasida «Atrof-muhit Yevropa uchun» jarayoni doirasida imzolangan va 2001 yil 30 oktyabrda kuchga kirgan.

Mazkur xalqaro hujjat 22 modda va unga ikkita ilovadan iborat. Orxus konvensiyasi ishtirokchi davlatlari soni ayni paytda 46 taga yetgan.

Konvensiya insonning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. Unda tegishli davlat organlari, fuqarolar va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida ekologik axborotdan foydalanish qoidalari aks etgan. Atrof-muhit va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi hamda odil sudlovga erishishni ta’minlovchi me’yorlar qamrab olingan.

Konvensiyaning asosiy maqsadi – inson salomatligi va farovonligi uchun qulay muhit yaratishdir. Sohaga oid axborotdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qaror qabul qilish jarayonida jamoatchilik ishtiroki ta’minlanishiga yo‘l ochish bilan birga atrof-muhit bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha odil sudlovga erishish orqali insonning ekologik huquqlarini ta’minlashdir.

Konvensiya doirasida tegishli davlat idoralar va tashkilotlari jamoatchilik so‘roviga ko‘ra, havo, atmosfera, suv va tuproq kabi atrof-muhit elementlarining tarkibiy qismlariga doir zarur ma’lumotlarni taqdim etishi kerak. Sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalarni ishlab chiqishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlashi zarur.

Konvensiyada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida axborot vositalaridan foydalanishning muhim ahamiyatini inobatga olib, ommaviy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali jamoatchilik uchun oson va tushunarli bo‘lgan ma’lumot va axborotlarning elektron bazasi hajmini tobora oshirish belgilangan.

Konvensiyada atrof-muhitga oid qarorlar qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalariga aniqliklar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Orxus Konvensiyasiga qo‘shilishi masalasi davlatimiz rahbarining 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining «Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaning 49-moddasiga ko‘ra, har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborot olish huquqiga ega.

Konvensiyaning ratifikatsiya qilingani fuqarolarga davlat organlarida mavjud bo‘lgan ekologik axborotlarni olish imkonini yaratdi. Atrof-muhit holatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq reja va dasturlar, strategiyalar va qonun hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish huquqi yaratildi. Fuqarolarning axborotdan foydalanish yoki jamoatchilik ishtiroki bilan bog‘liq huquqlari buzilgan hollarda ularni sudda ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etishga doir huquqlari kafolatlandi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atrof-muhit bilan bog‘liq qarorlardan fuqarolar, jamoatchilik xabardor bo‘lishi shart