Munosabat

Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik hamda qonun ustuvorligini kafolatlash va bu borada sud hokimiyatining nufuzini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 

So‘nggi yillarda bu tizimda ham zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini berdi. Ayniqsa, “Raqamli sud” konsepsiyasi ushbu jarayonning uzluksiz va muhim qismiga aylanishi kutilmoqda. Bu amaliyot sud jarayonlari samarali, tezkor va shaffof bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan yondashuv sanaladi. 

Avvalo, “Raqamli sud” konsepsiyasining huquqiy asosi yaratildi. Ya’ni, 2025 yil 30 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Ushbu hujjat va Davlat dasturidan 2025 yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va har bir yo‘nalish kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar o‘rin olgan. Xususan, “Sudlar faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish” vazifasi doirasida – sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarni bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy qilish hamda Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi. 

Shuningdek, Prezidentimizning 2024 yil 14 oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini keng tahlil qilgan holda, mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish vazifalari belgilangan. Davlatimizda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha bugungi kunga qadar ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi. 

Endi sud majlislarida masofadan turib, jumladan, mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek, ish bo‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish bu aynan sud protsessi ishtirokchilariga qulayliklar yaratmoqda. Hozirda sudlarga da’vo arizalar va arizalar elektron shaklda kelib tushmoqda. Milliy elektron sudlov axborot tizimi joriy etilishi natijasida sudlarda ish yuritish samaradorligi sezilarli darajada oshgan. 

Toshkent viloyat sudi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2024 yilda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 38 ming 132 ta murojaat elektron shaklda kelib tushgan bo‘lib, shundan 37 ming 614 ta ish elektron shakllantirilgan holda ko‘rib chiqilgan.

Elektron ma’lumotlar bazasi sudda ishlarning to‘g‘ri, tezkor va qonuniy yuritilishini muntazam nazorat qilinishi ta’minlamoqda. Sodda qilib aytganda, sudlarga qilingan murojaatlar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar elektron bazada yaqqol ko‘rinib turadi. 

Bundan tashqari, axborot tizimlarining joriy etilishi barcha bo‘g‘indagi sudlar bo‘yicha aniq sud statistikasini yuritish, ob’ektiv holatni real vaqt rejimida o‘rganish va tizimli tahlilni amalga oshirish, shu bilan birga, kechiktirib bo‘lmaydigan hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olish imkonini beradi. Natijada sudlar faoliyatiga turli xil aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 

M.Dusmatova,

Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirish: sudlar faoliyatiga aralashuvlar bo‘lmaydi