
Bir hadis sharhi
Mashhur “Risolatul-qushayriyya” kitobida Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyaga yem berardilar, uy tozalardilar, poyafzal tikar, kiyim yamardilar. Qo‘y sog‘ar, xizmatkor bilan ovqatlanardilar, agar qiynalsa birga xamir qorardilar. Bozordan olgan bozorliklarini uylariga o‘zlari ko‘tarib kelishdan hayo qilmasdilar. Boy va kambag‘al bilan qo‘l berib so‘rashar va salomni birinchi bo‘lib berardilar. Chaqirgan joyga pisandsiz bo‘lmas, agar yomon xurmo qo‘ysa ham borardilar. Yengil xarajat, muloyim xulqli, go‘zal tabiat va husni muosharatli edilar. Ochiq yuzli, kulmay tabassumli, xo‘mraymay mahzun, xorlanmay tavozeli va isrofsiz saxovatli edilar. Qalbi nozik va hamma musulmonga rahmdil bo‘lganlar. To‘ygandan hech kekirmaganlar. Ta’matufayli aslo qo‘llarini cho‘zmaganlar”.
<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/gWV8pMRhpxo" title="Oila rahbari kamtarin bo‘lsa..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>